У нас есть только
оригинальные песни

Shveysariyalik olimlar ortiqcha vazndan qutulishning yangi usulini topdi

calendar 05.05.2016
1269

Shveysariyadagi Luven katolik universiteti olimlari tanadagi ortiqcha yog‘dan xalos bo‘lishning yangi usulini topdi, deb yozadi 7MedNews.

Tadqiqotchilar “jigarrang” deb ataluvchi yog‘ga e’tibor qaratdi. Bunday yog‘ hujayralari metabolizm (moddalar almashinuvi) jarayonlarida o‘ta faol tarzda qatnashadi, shuningdek, termoregulyatsiya jarayonlarida ham bevosita ishtirok etadi. Olimlar ushbu hujayralar tomonidan issiqlik ajralib chiqishi kuchaytirilsa, qondagi glyukoza miqdori ancha pasayishi, tana vazni esa kamayib, me’yoriga kela boshlashini aniqladi.

Ushbu tajriba semizlik, diabet, yuqori arterial qon bosimi kabi metabolik sindromning barcha belgilari bo‘lgan laboratoriya sichqonlarida o‘tkazildi. Jigarrang yog‘ hujayralarini kuchaytirish kursidan so‘ng, hayvonlar vazn tashlagan, ulardagi metabolik sindrom ko‘rsatkichlari esa sezilarli darajada pasaygan.

Tadqiqotchilar fikricha, ushbu qonuniylik insonda ham ish berishi mumkin, biroq buni hali tekshirib ko‘rish kerak bo‘ladi.

Яндекс.Метрика