У нас есть только
оригинальные песни

Shveytsariya gazetasi IShID Turkiya orqali paxta sotayotganini ma'lum qildi

calendar 08.12.2015
1595

IShID terrorchilik guruhi paxta sotishdan ham daromad olmoqda, deb xabar bermoqda Shveytsariyaning Tribune de Geneve gazetasi. Nashrning ta'kidlashicha, paxta Turkiya orqali tranzit qilinmoqda.

Gazeta jurnalistlari ma'lumotlariga ko'ra, Suriyada fuqarolik urushi boshlanguncha paxta mamlakat eksportida katta o'rin tutgan, hozirda esa aksariyat paxta maydonlari ustidan nazoratni IShID o'z qo'liga olgan. “Xomashyo Turkiya orqali o'tadi, Turkiya uni paxtani oqartirishdan daromad oluvchi vositachilardan oladi”, deyilmoqda gazetada. Keyin paxta xorijiy brendlarning kiyim-kechaklarini tikishda ishlatiladi.

“IShID har kuni neft eksporti, mol-mulkni talon-taroj qilish, tovon puli olish maqsadida odamlarni o'g'irlashdan oladigan 2 mln dollardan tashqari paxta eksportidan ham qo'shimcha daromad oladi”, deb aytmoqda maqola muallifi.   

Avvalroq 7 dekabrda IShIDning har oydagi daromadi 80 mln dollarga etishi ma'lum qilingandi. Shunday fikrga AQShning IHS tadqiqot markazi tahlilchilari keldilar.

Markaz ma'lumotlariga ko'ra, IShID daromadining 50 foizini guruh tomonidan nazorat qilinuvchi hududlardagi tijorat faoliyatidan olinadigan soliq hamda erlar va mol-mulkning musodara qilinishi keltiradi. Terrorchilik guruhi 43 foiz daromadini neft sotishdan oladi. Qolgan daromad esa giyohvand modda sotish, tarixiy asori-atiqalar bilan noqonuniy savdo, elektr energiya etkazib berishdan olinadi.

Яндекс.Метрика