У нас есть только
оригинальные песни

Si Tszinpin rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi

calendar 03.07.2017
954

XXR raisi Si Tszinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga ko'ra, rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi. XXR yetakchisining maxsus borti dushanba kuni Moskva shahridagi Vnukovo aeroportiga qo'ndi. 

Aeroportda Si Tszinpinni RF TIV rahbari o'rinbosari Igor Morgulov, RFning XXRdagi elchisi Andrey Denisov va XXRning RFdagi elchisi Li Xuey kutib olishdi. 

XXR raisining ishonch bildirishicha, mazkur tashrif doirasida Rossiya va Xitoy yangicha kelishuvlarga erishishadi. 

"Ishonchim komilki, mazkur tashrif g'oyatda samarali bo'lib, u ikki mamlakat o'rtasidagi keng qamrovli hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarining barqaror rivojlanishiga turtki beradi", - deya ta`kidladi XXR raisi.

Bu Si Tszinpinning Rossiyaga davlat rahbari sifatidagi oltinchi tashrifidir. 4 iyul kuni XXR raisi Vladimir Putin bilan muzokaralar o'tkazadi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma`lum qilishicha, rahbarlar shuningdek jamoatchilik, ishbilarmon doiralar va ikki mamlakatning mediahamjamiyati vakillari bilan ham uchrashishadi. 

Shu kunning o'zida xitoy yetakchisi RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashib, u bilan savdo, investitsiya, infratuzilma, sanoat, qishloq xo'jaligi sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. 

Яндекс.Метрика