У нас есть только
оригинальные песни

Sinovlarda toblangan qismatlar

calendar 11.11.2011
2886
Shahzoda oilada uchinchi farzand. Uni ikkita opasi bor! Katta opasi 6 yoshda, ikkinchisi 5 yoshda. Shahzoda esa shu oyda 3 yoshga to'ldi. Uchalasi ham bir - biriga juda mehribon. Onasi ham oqila va dono ayol. Qizlarini yeru - ko'kga ishonmaydi. Ammo dadasi Ibrohim esa...

O'sha vaqtlar Ibrohim 19yoshda edi. Nodira ismli bir qizga ko'ngil qo'ydi. Nodira ham unga befarq emasdi. Yoshlar bir - birlariga vadalar berib, aht - u paymon qildilar. Ammo taqdir peshona deganlaridek ikkisining qismati ikki ayro yo'ldan ketdi. Ibrohimni oilasidagilar undan bemaslahat shaharlik uzoq qarindoshi Bahoraga unashtirib qo'yishdi. Ibrohim esa ancha qarshilik qildi. Ammo otasi qattiqqo'l va so'zini o'tkizadigan odam.
-Qarshilikni bas qilib jimgina uylanasanmi yoki ko'zimdan yo'qolib, bizdan vos kechasanmi?
-Ota, bu nima deganingiz? Men boshqa... birov... qiz... Boshqa...
-Boshqa? Boshqasida ko'nglim bor demoqchimisan?
-Yo'g'ey. Axir u qizni... U qizni...
-Nima u qizni?
-U qizni...
-Chaynalma xotinga o'xshab! -kesib - kesib gapirdi Eshmat ota.
-Ota u qizda ko'nglim yo'q, qanday yashayman axir?
-Men ham onangni chimildiqda ko'rganman. Binoyidek yashab yuribmiz.
-Sizni zamoningiz boshqa edi ota!
-O'chir ovozingni, uyat ham qolmagan yoshlarda, gap tamom vassalom.
Ilojsiz qolgan Ibrohim rozi bo'ldi. Ota - onani norozi qilib, baxtga erishib bo'lmasligini bilardi. Ammo bir mushtiparni boshi berk ko'chaga tashlab ketishning oqibatlariyu, gunohini o'ylamadi. O'ylasa ham qo'rqoqlik qildi. "Ota, men boshqasini yoqtiraman, u mendan farzand kutyapti!" deyishga qo'rdi. Nodira xomilador edi. Sevgisi haqqi - hurmati Ibrohimga shart ham qo'ymadi, uni bezovta ham qilmadi. Hatto onasiga ham otasiga ham bolasining otasi u ekanligi haqida lom - mum demadi.Nodirani otasi Mamatqul ota esa uni "Oq" qildi. Biz uchun bu so'zni yozish, o'qish nechog'lik oson bo'lsa, Nodira uchun esa bu ikki harfli so'z dunyolarni ostin - ustun qilgandek bo'ldi. Yuragiga o'tkir tig'lik hanjar sanchgandek bo'ldi. Yo'q, shugina xolos emas, "Oq qildim" degan so'z undan ota - onasini, qadrdan uyi-yu, qishlog'ini tortib oldi. Sho'rlik qiz esa soddiligi, ishonuvchanligi uchun o'zini lanatladi. Ammo besamar. Endi kech edi. Uyidan chiqib ketgach, qo'shni viloyatdagi xolasinikiga bordi. Xolasi uni ko'rib hayratda qoldi.
-Nodira, bolajonim, qachon seni turmushga uzatishdi. Bir og'iz aytmaganlaringni qara, -deya gina qilayotgan edi xolasi. Nodira uni quchib, yig'lab yubordi.
Xolasi uni yupatgancha, ichkariga kirgazdi. Xayron bo'lib unga tikilib turardi. Nodira yig'lay - yig'lay xolasiga dardini to'kib soldi. Ko'zida yosh bilan uni eshitdi. Boshqalarga o'xshab undan ijirga'nmadi, jerkib bermadi.
-Qizalog'im, endi yig'lamoqdan naf yo'q. Olloh senga ona bo'lishdek baxtni nasib etgan ekan, bundan xursand bo'l. -Nazira opa jiyanining duppaygan qornini silar ekan, "Kichkintoy, ozgina shoshibsizda!" -deb qo'ydi samimiyat bilan.
Xolasining farzandi yo'q edi. Uni qilmagan amali, ko'rinmagan tabibu, shifokori qolmadi. Hammasi kelishib olgandek bir xil gap aytishadi: "Iloji yo'q!". Turmush o'rtog'i Naim buyerdagi g'avg'olardan charchab, tayyor ishini tashlab xorijga ketib qoldi. Onasini uni ko'rdi deguncha deydiyosini boshlaydi "Bolam, sen ham o'zingdan zurriyod qoldirishing kerak, hech birimizni bog'lab bermagan, tepkilab ko'maydigani bo'lsin har insonni. Nazirani javobini ber." -deya hech qo'ymaydi. Axir qanday unga javobini bersin. Qancha yaxshi - yomon kunlarni boshidan o'tkazmadi axir? Undan kecholmaydi. Onasiga bas kelolmagach, Naziraga shahardan ikki xonali uy sotib olib berdiyu, o'zi ishlayman deb xorijga ketdi. Nazira 2 oydan buyon shu uyda yolg'iz o'tiradi. Jiyanini endi shu yerda yashashidan biram xursand bo'ldiki, buni aslo yashirolmadi. Nodira ham hamma g'amlarini unutgandek bo'ldi. Boshingga tashvish tushganda seni tushunadigan inson bo'lsin ekan.


***

Ibrohim uylandi. To'y binoidek o'tdi. Bahora chiroyda ancha - munchani ortda qoldirardi. Qosh - ko'zlari tundek qop - qora, yuzi sutga chayilgandek oppoq va tiniq, kipriklari yuzlariga tushgan ko'hlikkina qiz edi. U Ibrohimni oila a'zolarini hurmatini joyiga qo'yar, uy yumushlarini kam - ko'stsiz bajarardi. Yangi yor bilan ovungan Ibrohim, Nodirani va o'z zurriyodini ham unutdi. Uni holi ne kechdi deb ham qiziqmadi hattoki.
Ibrohimning to'yidan 3 kun o'tib, Nodiraning ko'zi yoridi. Qo'chqordek o'g'illik bo'ldi. Nazira unga Azizbek deya ism qo'ydi. Nodira bolasiga har boqganida yum - yum yig'lardi. "Shu qadar ham otangga o'xshaysanmi bolam?" deya o'ksinardi. U bolasida armonlarini, olisda qolgan qadrdon qishlog'ini va eng muhimi qo'rqoq Ibrohimni ko'rardi.
Kunlar ketini quvib o'tdi. Hammasi iziga tushgandek edi. Faqat sog'inch iztirobini hisobga olmaganda. Azizbek kemtik dillarga malham bo'ldi. Huvillab yotgan uy bolajonning shirin hidiyu, quvnoq kulgu va yig'ilariga to'ldi. Nazira uni o'z bolasidek parvarishlardi.

***


Oradan 2 yil o'tdi hamki, Ibrohim farzandsiz edi. Bunda Bahorani ayblardi. Bechora kelinchak esa hech so'z demasdan yengardi. Shifokorlar hech bir kasallik topisha olmagandi. Hamma hayron. Ibrohim esa alamini xotinidan olardi. Ammo hamma ayb-u - gunoh o'zida ekanligini o'ylamasdi ham. Hech bir ish javobsiz qolmaydi. Bir begunoh bolani tirik yetim qilgani uchun balki bu unga jazodir, yana kim bilsin.
Uchinchi yilga o'tib ularga Olloh farzand ato etdi. Shunda ham noshukr Ibrohim "Qiz tug'ding!" deya Bahoraga ozor berardi.
-Ibrohim aka 3 yil deganda farzand ko'rdik, bundan xursand bo'lish o'rniga Xudoga shak keltiryapsiz. Qizmi, o'g'ilmi joni omon bo'lsin! Qizni bergan Tangrim, o'g'ilni ham berar, sabr qilaylik! -bechora gapini tugatmasdanoq, yuziga kuchli musht zarbi kelib tushardi.
Deyarli haftasiga ikki uch marotaba kaltaklanardi sho'rlik.
-Nima, meni qo'limda ekanmi? Odamlarga o'xshab beshtalab qiz tug'ganim yo'qku, keyingisi o'g'il bo'lar! -deya eriga iltijo qilardi jonidan o'tib ketgach.
Shu yusinda bir yil ham o'tdi. Ikkinchi farzandi dunyoga keldi. Ammo... Ammo u ham shiringina qizaloq edi. Bahorani ko'rgani tug'riqxonaga ham bormadi Ibrohim. Hatto uyga kelgach unga gapirmadi ham. Shunchaki besabab kaltaklayverardi. Sabrli Bahora farzandlari uchun chidardi. Qaynona, qaynotasi yaxshi insonlar bo'lgani uchun shu uyda chidab yashardi sho'rlik. Qizaloqlari birin ketin ulg'aya boshlashdi. Ikki yil o'tgach uchinchi farzandi ham dunyoga keldi. Yana shiringina qizaloq. Bu safar Ibrohim Bahorani ham chaqaloqni ham uyga kirgazmadi. Bahora yum - yum yiglab ota uyiga qaytib ketdi. Bu axmoqona qilig'ini eshitgan Ibrohimning otasi shu zahotiyoq shaharga, Bahoralarning uyiga yo'l oldi. Uni u qadar hushlamayroq kutib olishdi.
-Quda, o'lim yoshlik qilib qo'yibdi. Keling, kechiraqoling!
-Yoshlik qilibdi? Qo'ysatgizchi Eshmat aka. Yoshligi qolibdimi? 28 ga kirdi.
-Hozirgilarni bilasizku Abusattor. Kalla boru aql yo'q. O'zim kafilman, boshqa qaytarilmaydi. -xullas, u dedi, bu dedi Bahorani qaytarib olib ketdi.
Uyga borgach, Ibrohimga dakki berdi:
-Agar, kelinni yana bir bor xafa qilsang, mendan aslo yaxshilikni kutma! Xotinni ko'chaga qo'yib, g'ururingdan kechdingmi nomard?
-Ko'rmaysizmi ota, 3 qizni tug'ib tashlagan.
-O'chir ovozingni! Esing shunchalik ham past bo'ladimi? Keyingisi o'g'il bo'lar. Shukr qil, tirnoqqa zorlar qancha.
-Eee, buni ichi qizga to'lib ketgan, o'g'il tug'maydi bu! Boshqa...-gapini tugata olmadi Ibrohim. Yuziga otasining tarsakisi "shart" etib tushdi.
-Gap shu, o'zingni yig'ishtir bola. Agar Abdusattorni oldida meni beburt qilsang... men o'zimga javob beraolmayman!
Otasining gaplari ta'sir qildi shekilli, qaytib Bahoraga qo'l ko'tarmadi. Hammasi iziga tusha boshladi. Qizlari ulg'ayib qolishdi. Kichik qizi Shahzoda ham uch yoshga kirdi.
Bir kuni Ibrohim ichib keldi va besabab Bahorani ura boshladi. Qo'rqib ketgan qizaloqlar bobosini chaqirib kelishdi. Eshmat ota jaxl ustida o'g'lini tepa ketdi.
-Odamni bolasimisan o'zi? Shu kunga qadar it boqgan ekanmanda-a? Bu ham birovning farzandi-ku, shunchalik ham noshud bo'lasanmi ko'rnamak!
Dadasini savalanayotganini ko'rgan Shahzoda yugurib kelib dadasini quchoqlab oldi. U ilk bor dadasini quchayotgandi. Ko'ksida tushuniksiz kechinmalar sodir bo'lardi. Ammo qizaloq buni anglashga hali ancha yoshlik qilardi. Qattiq tepkilarning biri Shahzodaga kelib tegdi va u 3 qadamcha nariga otilib ketdi...

***


-Doktor, unga nima qildi? Qattiq shikast yemadimi? -hovliqgancha so'rardi Ibrohim, ammo, shunda ham qizim demadi. Bahorani yuziga esa tabassum ilindi. "Nahot sog'ligi bilan qiziqsa?"
-Qizalog'ingizning sog'ligi juda yaxshi, og'ir holatni yengib o'tdi. O'g'il boladan ham kuchli ekan.
Bu so'zlardan Ibrohim faxrlanib ketdi. "Men endi o'g'lim yo'q deya nolimayman, shu qizalog'im mitti joni bilan menga panoh bo'ldimi, demak men eng badavlat odamman!" deya xayolidan o'tkazdi. So'ng Shahzodani yoniga kirdi va yoniga o'tirdi.
-Qizalog'im, hech qayering og'rimeyaptimi?
Shahzoda dadasining bunaqa muloyim muomalasiga hecham o'rganmagan edi. Tezda o'rnidan turishga chog'landi, ammo boshidagi kuchli og'riqdan hushini yo'qotdi.
-Qizim, qizim! Ko'zingni och, Shahzoda! Doktooor...
Doktorlar Ibrohimni tinchlantirisgdi. Bu og'riq kuchliligidan bo'lganini tushuntirishdi. Bahora hamon hayratda edi. Turmush o'rtog'ini bu qadar o'zgarishiga nima turtki bo'lganini hecham tushunolmasdi.

Shahzoda sog'aygach, uyga Ibrohimni o'zi olib ketdi. Tunu - kun yonida bo'ldi. Katta qizlariga ham mehri oshgandan oshardi. Bahora esa bunga sekinlik bilan ko'nika bordi.

***


Nozimalar kelganiga ikki yil bo'gach, pochchasi qaytib keldi xorijdan. Ular uyda birgalikda yashay boshladi. Naim aka ham Azizbekni juda yaxshi ko'rardi. "O'g'lim" deya erkalardi. Oradan 4 oy o'tgach, Nazirani xomilador ekanligi aniq bo'ldi. Hamma hayron. Bu mujizami? Ular bir mushtiparga yordan qo'lini cho'zib, uni hayotga qaytarishdi. Olloh esa ularni "Ota va ona" deb atalmish ulug' nomga loyiq ko'rdi. Ollohning mehribonligi shudirda.
-Eee, xotin, 40 ga kirganda ota - ona bo'larkanmizda a?
-Ha, Naim aka, Ollohga shukr!
-Endi bu xushxabarni onamga yetkazaylik.
-Ketdik.
Bu xabarni eshitgan onaizor ko'klarga parvoz qildi. Kelinini o'tqazishga joy topolmasdi. "Lash - lushlaringni yig'ishtirib tez uyga qaytinglar! Uylaringda Naziraxonni jiyani yashayturadi!" deya amr qildi ona. Ular uyga ko'chib kelishdi. Xullas bu yerda ham hammasi joyida. Nodira esa nufuzli tikuv seyxlaridan birida ishlardi. O'g'li ulg'ayib, hozirda 2 -sifda o'qiydi.
-Azizbek, bolajonim darslaringni qildingmi?
-Ha oyijon, hammasini tayyorladim.
-Unda boraqol, o'rtoqlaring bilan biroz o'ynayqol!
Azizbek yugurgancha dlaga chiqayotgan edi, savlatli bir odamga urulib, to'xtab qoldi.
-Uzur, kechirasiz amaki! Men bilmasdan...
Ha, bu Nodiraning dadasi Mamatqul bobo edi. Yilllar unga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmabdi, sochlari qirovdek oqarib, gavdalari bukchaygan. Nodira uyatdan uning ko'zlariga qaray olmadi. Mamatqul bobo esa kelib, qizini mahkam bag'riga bosdi.
-Bolam, shunchalik ham bo'ladimi odam?
-Dadajon...
Oraga sukut chukdi. Ular ko'zlariga yosh olishdi. So'ng Mamatqul bobo gap boshladi:
-Qizim, mana oradan 9 yil o'tib ketdi. O'zimga o'xshaysanda, g'ururing to'sqinlik qilib uyga qaytmading. Biz har kuni eshikka multirab kutamiz. Ota - onani yaratmasin ekan bolam. Jaxl ustida aytgan bir og'iz gapni deb shuncha vaqt aziyat chekdim. Endi yetar, yo'lga hozirlan, qishloqga qaytamiz!
-Lekin, dada...
-Lekin - pekini yo'q! Seni hamma kutyapti bolam. Tezda hozirlan, men nabiram bilan suhbatlashib turaman, bo'laqol qizim.
Nodiraning sevinchi ichiga sig'may, xonasiga yugurib kirib ketdi va Ollohga hamd - u, sanolar aytdi...
Яндекс.Метрика