У нас есть только
оригинальные песни

Sirdaryo bojxonachilari 24 mln so‘mlik televizorlarning olib kirilishiga chek qo‘ydi

calendar 22.08.2018
999

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Xovosobod” chegara-bojxona posti xodimlari shaxsiy ehtiyoj uchun degan niqob ostida, aslida tijorat maqsadida televizorlarning olib kirilishiga doir qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ya’ni, qonunbuzarlar tomonidan post orqali harakatlanayotgan jismoniy shaxslar ma’lum bir haq evaziga televizorlarni donalab tashish uchun yollangan. Olib o‘tilgan televizorlar esa fuqaro Z.M.ning xonadoniga to‘plab borilgan.

Tezkor tadbir davomida ushbu xonadonda jamlangan 3 turdagi 32 dona televizor avtomashinaga ortilayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. Ma’lum bo‘lishicha, televizorlar qo‘shni davlat fuqarosi M.A.ga tegishli bo‘lib, ularning qiymati 24 million so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Яндекс.Метрика