У нас есть только
оригинальные песни

Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi

calendar 11.10.2017
1779

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining xabar berishicha, hozirgi kunda noqonuniy baliq ovlash – brakonerlik bilan shug‘ullanish avji pallaga chiqqan, deb yozadi “Telegraf.uz”.

Qo‘mita tomonidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy baliq ovlash holati aniqlangan. Sirdaryo viloyati Guliston tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolar A.Abdurahmonov hamda N.Xasanov Sirdaryo daryosining Guliston tumanidagi “Boyovut” jamoa xo‘jaligi hududidan oqib o‘tuvchi qismida noqonuniy yo‘l bilan baliq tutayotgan paytda Bionazorat inspektorlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Aniqlanishicha, fuqarolar baliq ovlash maqsadida oddiy qarmoq emas, balki elektr qarmoqdan foydalangan. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, jami 12 dona baliq ovlangan.

“Afsuski, elektr qarmoqdan foydalanish natijasida tabiat ne’matlariga bepisandlik bilan qarash, ularni asrab-avaylamaslik, umumiy hisobda 24 413 325 so‘m miqdorida zarar yetkazilishiga olib kelgan”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика