У нас есть только
оригинальные песни

Sirdaryoda ayollarni Ostonada fohishalik qilishga taklif etgan qo‘shmachilar qo‘lga olindi

calendar 11.03.2018
1041

Yangiyer shahrida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan S. Olimova (ism-sharif shartli) ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, unga nojo‘ya taklif bildirilayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

S. Olimovaga ko‘ra, Sirdaryo tumanida yashovchi Sh.Mirvaliyev va Qozog‘iston fuqarosi N.Sarayeva unga Ostona shahrida fohishalik qilishni taklif etgan. Bu “kasb” bilan shug‘ullanib, oyiga 2000 dollar topishi mumkinligi aytilgan. Faqat foydadan 50 foizini ularga bersa kifoya.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Mirvaliyev va N.Sarayeva C.Olimovani “Sirdaryo” chegara maskanidan Qozog‘istonga olib o‘tib ketayotganda ushlandi.

Яндекс.Метрика