У нас есть только
оригинальные песни

Siri Apple’ning keyingi taqdimoti qachon bo‘lishini oshkor etdi

calendar 19.04.2016
1145

iOS’dagi shaxsiy yordamchi va savol-javob tizimi bo‘lmish Siri’ga “WWDC qachon?” — deb savol berilganida, u ushbu anjuman 13—17-iyun kunlari bo‘lib o‘tishini aytadi.

Bu shuni bildiradiki, Apple’ning navbatdagi yirik tadbiri 13-iyun, konferensiyaning birinchi kunida bo‘lib o‘tadi. Iyundagi taqdimotlarda kompaniya odatda o‘z OS va dasturlarining yangi versiyalarini, ba’zan esa yangi avlod kompyuterlarini namoyish etadi.

Apple rasmiy ravishda konferensiyaga taklifnoma tarqatgani yo‘q, shu tufayli uning qayerda o‘tkazilishi noma’lum.

Ba’zi jurnalistlar hazil tariqasida Apple’ga o‘zining barcha yangiliklarini Siri yordamida e’lon qilishni taklif etdi: qandaydir ma’noda bu foydalanuvchilarga virtual yordamchiga ko‘proq murojaat qilish uchun turtki bergan bo‘lardi.

Яндекс.Метрика