У нас есть только
оригинальные песни

"Sirli_qiz"dan original sevgi izhori

calendar 08.09.2011
3230

Bilasanmi, senga juda achinib ketyapman... Nega diysanmi? Chunki bu qalbimdan otilib chiqgan ishqiy nomam yolg'iz senga atalganini bilmaysan! Bu noma sen uchun xuddi yerdan topib olingan egasiz va nomsiz xatga o'xshaydi. Senga atalgan ammo egasini izlaysan...


Qalbimga jo bo'ldi, sehrli tuyg'u,
Menga doim ilingani mana shu QAYG'U, 
Shundan buyon ichganim esa og'u,
Seni hayoling oldi qaysi ko'zlari ohu?

Bilmam yuragimga ne bo'ldi o'zi,
Tanamga titroq kiritar joduvash ko'zi.
Osmonlarga eltadi bir og'iz so'zi,
Uni maftun qildiykan qay gulning yuzi?

Dunyolarga tatirkan oshiqning ohi,
Go'yo bulbul uchun yaralgan, gullarning shoxi.
Muhabbat maskanining men quli-yu, sen shohi,
Bilmam qaysi malaklarning sen shaxanshohi.

Kamina ishqingda bo'lsada barbod,
Sevgim yashirin, izhor etolmam hayhot.
Men uchun "Sevilmoq" so'zi bo'lsa hamki yot,
Sevgim oshkor qilmoq - bu or ila uyat!!!


Har tun osmonga oy chiqganda, yulduzlar aqlim olib nozik jimirlaganda, chigirtkalar mahzun qo'shiq kuylaganda sen yodimga tushasan. Hayollarim yana sen tomon shoshiladi va "U ham xuddi men kabi oyga tikilib, mayus navo kuylayotganmikin?" degan fikr o'tadi bu bebosh aqlimdan.

Tong shamolidan maysalar nafis chayqalsa, ohlarimga dosh bera olmay tebranayotgan atirgullardan shabnamlar duv - duv to'kilsa yana sen yodimga tushasan, takror hayolimdan "Shu dam u kimning o'ylariga parishon ekan? Qaysi sanamning hajrida devona ekan?" degan jonni o'rtovchi o'ylar qalbimni kemiradi.


Yo'l chetida atrofni yolg'iz kuzatib ketar ekanman, qarshimdan chiqgan juftliklarga ko'zim tushadi. Ularning ko'zlarida muhabbat porlaydi. Yana va yana sen hayolimga muxrlanasan! "U hozir xuddi men kabi yolg'izmikin, yoki..." shu so'zlar lablarimdan uchib chiqadi.
Xiyobon uzra qo'l ushlashib ketayotgan kelin kuyovni ko'rib, nogoh o'yga tolaman. "Bularning ham sevgisi sinovlarda toblandimikan? Ular naqadar baxtli, chunki, orziqib kuganlari - "VISOL" baxtiga musharraf bo'lishdi. Men ham ushbu baxtning baland cho'qqilarini zabt eta olarmikanman?"

 Xullas har soniya hayollarim senla band. Balki bu shunchaki havasdir deya o'ylayman ba'zida. Ammo buning domidan qutila olmayapman. Sening esa parvoying palak. Har kuni har xil parilar atrofida parvonasan. Balki bu senga ma'quldir. Ammo... Ammo mening yuragimga bu ishlaring nashtar yanglig' sanchiladi! Anchadan buyon aytaman deyman senga bu so'zlarni. Biroq qattiq xato ekanligini bilaman. O'tinaman men uchun ham baxtli bo'lgin! Mayli, meni sevgimni sezmasang ham. Ammo mendanda aqlli, mendanda go'zal juft tanla o'zingga. Toki afsus qilmayin. Roziman meni umuman sevmasang ham, biroq ko'zlaringga ko'zim to'qnashganda faqat BAXTni ko'ray! Bu senga ayta olmay yurgan izhorlarim edi. "MEN SENSIZ O'ZGA BILAN BAXT IFORIN TUYA OLMAYMAN, Qo'llarimdan sen emas, o'zga tutishin o'ylasam, jismu - jonim azoblar ichra to'lg'onadi. BILKI SEN IKKI KISHI UCHUN BAXTLI BO'LMOG'ING DARKOR"...


Sirli_qiz

Яндекс.Метрика