У нас есть только
оригинальные песни

SIRLI SIRDOSH davom etadi. Qiz birinchi sevgi izhor qilsa uyatmi?

calendar 27.05.2011
6873
Sirli Sirdosh loyihasi orqali biz sizni Sirdoshingizdan kelgan noma va ko'ngil kechinmalari bilan tanishtirishni davom etamiz. Bu gal loyihamizga Afruza ismli qizdan hat keldi hayt quyidagicha yozilgan.

Salom Miranda mani ismim Afruza ismimni to'liq yozoring. Man o'zi hayotda uyalchang,sodda qizman. Kollejda dugonalarim kim bilandur telefonda tanishib qoldim, sevib qoldim desa ularni ustidan kulardim. Sevgi muhabbat deganlariga umuman ishonmasdim. Hammasi kollejni bitirayotganimda boshlandi. Kollejni bitirayotganimiz uchun diplom ishi yozish kerak edi. Shu diplom ishi yozish uchun kollej kutibhonadagi internetga kirdim internetdan diplom ishi yozib bo'lib pochta ochdim. Keginchalik agentga kirib turadigon bo'ldim. Agentga faqat kursdoshlarim bilan gaplashardim. Bir kuni notanish inson pochtamga drujba jo'natdi man kontaktimga qo'shmadim u yana drujba jo'natoverdi. Bu hol ikki oy davom etdi yani men kontaktimga qo'shmasam ham drujba jo'nataverdi. Nima derdi deng? Man yaxshi insonman siz bilan faqat do'st bo'lmoqchiman deb o'zicha rosa aqlli gaplarni gapirdi man boshqa bollarga o'hshamiman faqat do'st bo'lamiza derdi. Ohiri rozi bo'ldim do'st bo'lishga. Mana do'stlashganimizga ham ikki yil bo'libdi. Shu ikki yil ichida man uni yaxshi inson ekanini bildim. Biz bir birimizni juda yaxshi tushunamiz. Biz juda yaxshi do'stmiz. Ishonasizmi miranda shu kungacha man u bilan telefonda atiga ikki martagina gaplashganman. Faqat tug'ilgan kunimda telefon qilgan. Tanishganimga ikki yil bo'lgan bo'lsa ham u bilan uchrashmaganman faqat uch dona suratini ko'rganman. U bilan faqat agentda gaplashamiz. U mani hurmat qiladi judayam,siz eng yaxshi do'stsiz deydi. Agentda ham har kuni gaplashormimiz.Uch kunda bir bazida sms yozib turadi. Biz hech qachon sevgi haqida gaplashmaymiz faqat do'stona gaplashamiz lekin agentda suhbatimiz juda juda mazmunli va bahsli kechadi qalin do'stmiz. Tanishganizga ikki yil bo'lgan bo'lsa ham hali bir birimiz biron marta hafa qilmaganmiz.
Bilasizmi Miranda muammo nimada?Muammo man ahmoq umrimda ko'rmagan odamni yani agentdagi do'stimni sevib qoldim o'zim sezmagan holda. Sevib qolganimga olti oy bo'ldi.Eng katta muammo esa man sevganimni aytolmayabman. Chunki qo'rqaman sevgimi rad etishidan uni yo'qotishdan qo'rqaman. U esa sevgimni sezmaydi sevishinini aytmaydi. Man hamsevishimni unga sezdirmayman. Kundan kunga unga bog'lanib qolyabman. Miranda men sevaman o'sha ahmoqni. U bo'lsa manga ko'nglini ochmaydi. Topib olgan gapi man sizni hurmat qilaman,siz dunyodagi eng yaxshi do'stsizdan nariga o'tmaydi. Bazida mani sevadigondek tuyuladi. Bazida esa mani faqat do'st deb biladigandek tuyuladi. Man ham uni bir yarim yil do'st deb bilardim. Kegin sevib qoldim. Nima deb o'ylaysiz Miranda u mani sevarmikan.
Aslida bundanda katta muammo bor bo'yim yetgani tufayli uyga sovchilar kelyabdi. Man esa sovchilarni qaytaryabman. Onam esa nega hamma sovchini qaytaryabsan qizim ayt deydi. Yoqtirganing bo'lsa ayt biz tushunamiz deydilar. Agar bo'lmasa bittasiga rozilik ber tezroq deyabdilar.Nima man onamga umrimda ko'rmagan odamni sevaman deymanmi. Ahir sevishimni o'zi ham bilmaydiku. Man hayronman ahir u og'il bolayu sevsa dardini aytmaydimi. Manimcha sevmasa kerak mani. Chunki sovchilar kelyabdi do'st desam,siz har qanday yigitni bahtli qilasiz rosi bo'ling to'yda o'ynaymiz deb asabimga tegdi. Man ham indamay o'zimni befarq tutaman. U qayta qayta mani hurmat qilishini aytib man sizni hurmat qilganimdan hatto telefon ham qilmayman deydi. Miranda qiz bola birinchi sevgi izhor qilsa uyatmi a? Man nima qilay bir yoqda ota onam roziligimni so'rashvotti. Bir yoqda u indamaydi. Man unga ko'ng'limni birinchi ochaymi yoki kutaymi o'zi aytishini? Kutgani vaqtim oz shu muammoda maslahat beringlar iltimos...

MASLAHAT: Anchadan beri bunday beg'ubor ishq qissasini eshitmagandim. Maslahatga kelsak Tog'ri qiz bo'la birinchi sevgi izhor qilsa bizor noqulayroq.
Agar birinchi sevgi izhor qilsangiz noqulay bo'lasiz, ibo va hayoyingiz yo'l qo'ymaydi,g'ururiz sinadi. U sizi sevgizi rad etishi uni yo'qatib qo'yishiz mumkun.
Lekin agar sevishizi aytmasez bir umr qiynalib, bahtsiz bo'lib qolishiz mumkun. Tuyg'ularizni yashirsangiz yutkazishish mumkun. Balki u ham sizni sevar. U ham ayta olmayotgandur. Eng muhimi qalbizi ochib sizni sevadimi yo'qmi bilib olasiz.
Sizga maslahat bermadim sevishizi aytsez nima bo'lishiyu, aytmasez nima bo'lishini yozdim. Hulosa chiqarish esa o'zizga. Bir yurakdan,bir aqldan so'rab qaror qiling. Men sizga yana ozgina kutishni onangizga ko'nglingizni ochishni maslahat berardim. Yana bir gap siz ko'nglizni ochishdan oldin sevib qolgan do'stizi bilan bir marta uchrashib ko'ring. Chunki siz vertual sevgiga duchor bo'lgansiz. Bu internetdagi sevgi shunaqaki siz uni har bir so'zidan muhabbatni yasab olgansiz. Uni o'zizga idiallashtirib olgandiz. Ko'rishsez bu sevgiz hayol emas haqiqat, yoki haqiqat emas hayol ekanini bilib olasiz. Shundan kegin bir qarorga kelishiz osonroq bo'ladi.
Яндекс.Метрика