У нас есть только
оригинальные песни

SIRLI SIRDOSH davom etadi. SIZGA HAYOT BERGAN ONANGIZNI YIG'LATMANG...

calendar 03.06.2011
1825
Sirli sirdosh davom etadi. Bu gal ham Sirli Sirdoshingizdan kelgan hat va ko'ngil kechinmalari bilan tanishtiramiz hat quyidagi yozilgan...

Mani ismim Bohodir yoshim 24 da . Agarda manga dunyoda eng bahtli inson kim deb so'rashsa hech ikkilanmay onasi tiriklar bahtli deb javob berardim.Nega desez manga onamni qadri judayam bilinvotdi. Manga ayni kerak paytda onam mani tashlab foniy dunyoga ketdi. Holangnikiga borib kelaman dediyu qaytib kelmadi yo'lda avto halokatga uchrab vafot etgan. Onamdan hatta rozichilik ololmadim. Mana bunga ham 5 yildan oshibdi. Bu orada taqdir zarbalariga dosh berib ancha ulg'aydim. Man oilada bitta o'gil bo'lganim uchun ancha erka bola edim, onam yeru ko'kka ishonmay katta qilgan. Aytganim aytgan deganim degan edi. Shu sabab onam o'rni manga juda bilinadi boshida manga juda qiyin bo'ldi bunga ko'nikolmadim. Aynan shu qiyinchilik kunlarda ilk haqiqiy muhabbatimni uchratdim. U qiz manga dalda bo'ldi dardlarimga malham bo'ldi. Man u qizni ko'p sinadim surishtirdim. Juda yaxshi mehribon vafoli qiz doim mani tushinadi qo'llab quvvatlaydi. Manchi man esa unga faqat quruq vadalar berib kevoman. Muammo shundaki u qiz yaxshi oiladan va yaxshi qiz bo'lgani uchun sovchilar tinmay kelyabdi. U sovchilarni qaytarvotti mani kutvotti. Uni onasi esa bunaqa hammani qaytarorsang qari qiz bo'lib qolasan debdi. U qiz onasiga ko'nglini ochibdi. Onasini yig'lab yig'lab zo'rga ko'ndiribdi. Faqat man sevgan qizni onasi shart qo'yibdi. Agar o'sha sevganingdan sentyabrgacha sovchi kelsa keldi bo'lmasa boshqasiga bervoraman debdi. Mani esa boshim qotgan man hozir Rossiyadaman sovchilikka yuboray desam onam yo'q buvimlar ham yo'qlar. Adam adam esa onam o'lganiga bir yil bo'lib bo'lmasdan boshqa ayolga uylanib olganlar. U ayol negadur mani uncha chiqishtirmaydi. Shu sabab Rossiyaga qochib ishlagani ketvorganman. Shu ayol tufayli adam bilan ham oramiz buzulgan. Holalarimni sovchilikka jo'natay desam holalarim ham adamdan hafa bo'lib shuncha yil turmush qilib opamizi hurmat qilmay bir yil o'tmay uylanib oldi deb bordi keldini ham yig'ishtirib qo'yishgan. Mani yana o'ylantirvotgan yana bir narsa u qizni bahtli qila olamanmikin? Odam topib sovchi jo'natdim keginchi? Mani o'z ota uyimga sig'dirmagan ogay onam bu bechorani sig'diradimi? Shundoq ham bechora mani deb ko'p qiynaldi. Bechora mani 4 yildan beri umid bilan kutyabdi. Yoshi ham o'tyabdi 23 ga kiradi. Man Rossiyada u O'zbda man hali to'yga yetarli pul ishlashim kerak. Baribir o'zim pul topmasam otamni man bilan ishi ham yo'q yosh hotini bilan ovora. Shu sabab mani uylanishimga eng kamida bir yil vaqt kerak. Uni esa uyidegilar shoshiltirib berib yuborishmoqchi. U qizni ota onasini ham tushunaman gulday qizini umri kutib o'tishini hohlamaydi. Shundog' ham qizini ko'ngliga qarab 4 yildan beri kutishvotti. Ularni ham orzu havaslari bor yaxshi tushunaman. Tog'risi qizni ota onasi manga ishonmay qoyishdi doim sovchi jo'nataman deb jo'natmadim. Kimni ham jo'nataman sovchilikka? U qizni onasi sani aldayabdi deb hadeb bechorani urushvotti ekan. O'zi hayotda biroz qo'polroq odamman ko'p hafa qilaman uni. Lekin uni haqiqatdan sevaman. O'zi u darajada chiroyli emas eng muhimi qalbi pok va qalbi chiroyli ham aqlli hamma narsani kulib yengadi. Miranda sizga hat yozishimni ham u aytdi u sizni yozganlarizi o'qib turarkan. Uni uchratganim mani bahtim. Mani ishonganim o'sha qiz maslahatlashadigon aka uka opalarim ham yo'q shuning uchun silarga hat yozdim.
Eh qani hozir hasta qari bo'lsa ham onam bo'lganda o'zi sovchilikka borib man uchun yalinib yolvorib ko'ndirib kelardi qizni ota onasini.Qani onam bo'lsaydi bahtli kunimda to'yimda bosh qosh bo'lardi. Onamsiz manga baht tatirmikin. Shunaqa paytda onangni o'rni juda yomon bilinarkan.Iltimos manga maslahat berilar man nima qilay? Kimni sovchilikka jo'natay? U qizni bahtli qila olamanmi? Yoki uni ham bahtini boylamay orani ochiq qilaymi? Man uni bahtli bo'lishini hohlayman O'gay onam u qizni chiqishtirarmikin?

MASLAHAT. Siz eng avvalo O'zbga kelib u qizga yonida turib dalda bo'ling. Qizga hozir qiyin. Otangiz bilan yaxshilib gaplashing vaziyatni tushintiring sizni tushunishiga aminman. Va holalaringiz kelmasa o'ziz yoniga borib men uchun bo'lmasa opelar onam uchun sovchilikka boring deng yaxshilab tushuntirsangiz albatta ular borishadi sovchilikka. Hullas bunday qizni qo'ldan chiqarmang. O'gay onangizga olloh insof bersin. Agar to'ydan kegin kelindi chiqishtirmasa. Kelindi olib Rossiyaga ketvorasiz muammo hal. Ehtimol gapirishga osondur. hayotda o'limdan boshqa hamma narsani iloji bor hayotda hikmat ko'p. Eng muhimi tezroq harakatiz qiling bo'lmasa kech qolasiz mumkun. Nima bo'lganda ham otangiz bilan munosabatingizni yaxshilan. Otangiz onangizdan qolgan yodgorlik. Siz nima bo'lganda ham farzand ekanizi unutmang.
QADRKI FARZANDLAR SIZGA HAYOT BERGAN ONANGIZNI OTANGIZNI YIG'LATMANG. Ahir ota onalarimiz g'animat ularni tirikligida ehtiyot qiling. Qardrli saytdoshlar sizchi Bohodirga nima maslahat berasiz..
Яндекс.Метрика