У нас есть только
оригинальные песни

Sirli sirdosh: Farzandim befarqlik qurboni bo'ldi

calendar 13.09.2015
5339

6 sentabr kuni 2 bor onalik bahtiga erishdim.xo'jayinim yolg'iz o'g'il bo'lgani uchun qaynonam hammadan ham ko'proq sevindi. 2 ta og'lim bo'ldi deb rosa quvondim. Ertaga javob degan kuni bolamni rangi sarg'ayib ketdi. O'zi unchalik emmay qo'ygandi. Hamshiralar etiboram berishmadi. Ertalab vrach ko'rib tezda bilrubin ga qonini olinglar deb aytdi. Yarim soat o'tsa ham hamshiralar qön ogani kelishmadi. O'zim borib pul berganimdan ke yin oberishdi. Keyin fotoga qo'yishdi. Qarasam e'tibor berishmayapti akam viloyatda vrach telfon qiganidan keyin etibor berishdi. qon guruhim 2 plus deb chiqarilgandi. qayta topshirishda 2 minusligi aniqlandi. dadadam vrach ota onamni 2lasi ham plus qon. Kimmidir hatosi bilan minus qon plus deb chiqarilgan.

Ertalab qayta bilrubin miqdori aniqlanishi agar miqdori oshsa viloyatga qon quyish markaziga jo'natishlarini ay-di. Analiz nihoyatda yahshi chiqdi. Dadam boshqa tumanda ishlaydi. dadam xursand bo'lib endi ko'nglim yorishdi dedi. Xullas tuman kasalxonasida qoldik.

kunduzi 4 larda aparatdan emizishga olsam issiq ekan. Hamshiraga aytsam aparatniki deb aytishdi.1 soatlarda bezovtalandi. Osam yana issiq. O'lchasak harorati 39.4 ekan. 2 soatlarda isitma tushdi. Tinchlantiruvchi dori berishdi. Dadam boshqa tumandan bo'gani uchun vrach qandaydir o'zini tortdi. Bolam tinchlangach dadam pastda bo'laman deb tushib ketdi. Kechasi 1 larda bolamni ahvoli og'irlashdi. Dadam ham chiqdi uyog'i kinodagiday bo'lib ketdi.

 

Soat 6 larda uzildi. Dadamni qo'lida bolaginam uzildi. Dadam o'zini kechiralmayapdi. nimagayam orada uyga kep ketdim bola isitmada qolib ketgan, etiborsizlikni orqasidan bola o'ldi. O'zimni ishhönamda bo'ganida bunaqa bo'masmidi eng yomoni bolang qo'lingda jon berishi ekan dib o'ziga kelalmayapti. Dadam vijdonli vrach bo'gani uchun u yerdagi muhitni sig'diralmayapti.

2 variant torch infeksiya bo'gan bo'lishi mumkin deyishdi. Analiz topshiraman ishqilib yomön chiqsinda bo'masam dadam o'zini hech qachon kechirmaydi. Bilasmi yaqinlarim hazillashib Yulduz Usmonova deb chaqirishadi. sababi haddan ortiq shu insonni yaxshi ko'raman."bolama bolam ,jonim bolam vijudimda 9 oylab yotgan bolam" degan qo'shig'i bo'lardi. Shu miyamdan ketmayapti. Ichim tamom bo'ldi. Lekin dadamga qarasam bunaqa holatda faqat onasi o'lganda ko'rganman. Men dadamni o'zimdanam ko'proq yaxshi ko'raman. Shunchunam yaxshi bo'lishim kerak. Dunyoda inson faqat o'lim bilan yuzlashsagina ojizligini, gunohlarini, dunyoda hech kim emasligini tushunarkan.

Men oq halat kiygan lekin gadoydan farqi yo'q ayrim ginekoloklar, hamshiralar, vrachlarga aytmoqchimanki kimnidir joni sizga omonat, insofli, vijdönli bo'ling, zero hammamizni borar joyimiz bir. To'g'ri hayotda pulsiz hech kim emasmiz. Hammani insofini o'ziga bersin

Яндекс.Метрика