У нас есть только
оригинальные песни

''Sirli Sirdosh'' loyihasi. Baxtsiz bo'lib qolgan sevgilim...

calendar 21.08.2011
4246

''Sirli sirdosh'' loyihasi davom etadi. Bu gal xam saytimiz a'zosidan juda bir ta'sirli maktub keldi. Sirli Sirdoshingiz ko'ngil kechinmalarini o'qib fikrlarizni va maslaxatlarizni izoxda qoldiring. Zora bu bilan yaralagan qalblarga oz bo'lsada malxam bo'lsak. Maktub quyidagicha yozilgan...

Hullas men maktabni bitirib o'qishga kirdim,o'qish xam boshlandi. Bir kuni o'qtuvchimiz bizni sinfga boshqa gurux qizlarini olib kirdi, va bizni gurux boshqa sinfga o'tishini aytdi. Men xam xamma qatori chiqib ketayotgan edim, o'qtuvchim esa shu yerda qolishimi aytdi. Keyin meni o'sha kelgan gurux qizlariga operator Bek deb tanishtirdi men yo'qligimda u sizlarga dars o'tadi dedi.Asta sekin kunlar o'ta boshladi. Qizlarning orasida bir qiz men bilan rosa ko'z urushtirardi. Hullas unga gap ota boshladim. U bilan tez chiqishib oldik. Bu orada sevishib qoldik. Biz juda baxtli edik. Uni yoshi mandan 1 yosh katta edi, ismi jismiga mos Nafisa edi. Bir kuni u menga sizga kattakon raxmat meni xayotga qaytardiz dedi, men xayron qoldim. Keyin bilsam bundan 14 yil avval uni adasi avto xalokatga uchrab vafot etgan ekan. Nafisa esa adasiga qo'shib quvonchlarini xam ko'mgan ekan. Uni onasi bilan akasi Rossiyaga ishlagani ketgan ekan. Nafisa  ukasi bilan qolgan ekan ularga amakisi qarar ekan. Bir birimizi sevishimizi o'qishda xamma bilardi. Xar kuni ertalab maxallasida kutardim o'qishga birga borardik. O'qish tugagach uyiga olib borib qo'yardim. Bir kuni u menga akasi bilan onasi rossiyadan kelayotganini aytdi. Ular keladigan kun xam aniq bo'ldi onasi va akasi 2- noyabrda kelishadigan bo'ldi. Biz esa 1-noyabr kuni kech soat 19-30 da uchrashdik. U menga bizni xech kim ajrata olmidi dedi. Ming afsuski bu bizni oxirgi uchrashumiz bo'ldi. Ertasi kuni onasi va akasi keldi. Shu kundi o'zidayoq akasi bollar bilan biznikiga keldi. Akasi bilan uzoq tortishdik. Ertasiga esa onasi menga telefon qildi. Qizimni to'yini o'tkazgani kelganini va tez orada to'y qilib qizini turmushga berishini aytdi. Men keyin uydagilarimni ularnikiga uni onasini oldiga jo'natdim. Uni onasi esa rad etib, buni amakisi xal qilishini aytdi. Ertasiga men uni amasi bilan gaplashish uchun xokimyatga bordim amakisi xokimyatda ishlidi. Amakisi bilan uchrashdim amakisi esa Nafisani tinch qo'yishimni uni do'stini og'liga uzatishini aytdi. Men indamay chiqib ketdim. Oradan 3 kun o'tib o'tmay. Nafisani amakisi bir to'yga borib ko'p ichib qo'yib qon bosimi ko'tarilib(davleniyasi oshib) vafot etibdi. Akasi esa Rossiyaga qaytib ketibdi...

Mana oradan 11  o'tibdiki Nafisa baxtsiz xaligacha turmushga chiqmadi...

Bu maktubni yozishimdan maqsad esa iltimos hurmatli ota onalar farzandilarni baxtli qilaman deb baxtsiz qilib qo'ymelar...

Jurnalist fikri: Maktub egasiga bizga ishonib xat yozgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Va bir narsa aytmoqchiman Nafisa xali turmushga chiqmabdiku sizda imkon borakan. Nega yana xammasini boshqalatdan boshlamaysizlar. U qiz bilan gaplashib ko'ring. Axir ayrilish uchun sevmagansizku. Unitish esa ko'ngil xoxlagan narsa emas. Nima bo'lganda xa kuchli biling sabrli bo'ling hayotda hech narsa bejiz bo'lmaydi hayotda xikmat ko'p. Va vaqt hamma narsaga davo. Eng muximi tog'ri qaror chiqaring yuragingiz xam og'rinmasin aqliz xam xafa bo'lmasin.

Xo'sh xurmatli saytdoshlar sizchi nima degan bo'lardiz. Qanday fikr va maslaxatlariz bor.
Яндекс.Метрика