У нас есть только
оригинальные песни

Sirli Sirdosh: Qaynota kelinni ursa...

calendar 23.08.2015
3199

Assalomu alaykum hurmatli sayt ma'muriyati hamda Sardor Komilov. yakshanba muhlis minbari sahifasini doimiy ravishda o'qib boraman va Sardor akaning muhlislatiga bergan maslahatlari juda o'rinli deb hisoblayman. shu sababli men ham xat yozishga jazm etdim, negaki Sardor aka va sayt a'zolarining maslahatlari juda zarur. hozir boshi berk ko'chdaman. boshidan boshlasam man shahardan qishloqlik odamdarga kelin bo'lib tushdim. to'g'ri bu oddiy holat, lekin hamma gap so'zlar to'ydan keyin boshlandi. boshida qishloq kelinlarday ish qilolmasamda, non yopishlarni, sigir sog'ishu, ekin-tekinlarigacha o'rgandim. lekin nimagadir kelinni qaynonam emas qaynotam tanlagani uchun (sovchi orqali turmush qurganman) qaynonam shaharlik oyimcha, o'qimishli botanik, zamonaviy yuradida o'zicha deb yana mayda chuydalarni boshladi. boshida ularday 4da turolmasamda, 5 30 6larda tursam shu arzimagan narsadan ham janjal chiqargani yetmaganday, o'g'liga, qaynotam qaynisinglim, hatto qo'shnilarga ham yoyib chiqdi . orada er hotin orasida ozroq tushunmovchilik chiqsa ham borib qaynotamga yomonlardi, bu gaplarning ta'sirida qaynotam ham mani urushadigan bo'ldi. to'g'risi ba'zan aybimni ham tushunmasdim. chunki qaynotamni jaxli juda tez, juda. to'g'ri mandan ayb o'tgani kelin bo'lgan payt 4bosqich talabasi edim, ham homilador, toydan keyin erim ishsiz edi, alamiga ham mani urushardi, rosa siqilib yig'lardim. qaynonam tinmay ota onamniyam yomonlardi, hop chidadim. orada qayniukam paypogimni yuving dedi mani esimdan chiqibdi (ikki uch marotaba) borib qaynotamga yangam ish qilmaydi dedi, keyin qaynotam mani beforosat, mol, kaltafahm, maraz deb haqoratlay ketdi, man faqat yiglayman. (homilafor edim) keyin stipendiyadini menga bermaydi deb qaynonam qaynotamga yana chaqdi, yana boldi janjal, qaynotam mani turgizib qoyib rosa urishdi. siqilib yiglab yuraverdim, erim osha paytda endi militsiyaga ishga kirgan , poligonda edi. yegim kegan narsani uydan yeb keldim.

lekin siqilish oqibatida bolam nimjon tugildi, ham sutim kaaam edi. ertalabdan och qoringa uylarni yigishtirardim... keyin bolamga ovqatni qaynonam va qaynisinglim ogzida chaynab berishi oqibatida qoniga va ichagiga infeksiya tushibdi (sepsis) reanimatsiyada 10kun davolandik, lekin istima 39,5gacha chiqib ketdi, oxiri toshkentdagi RSHTYOIMda davolandik. smes ichardi, uni ham vaqtida oberishmas, pampers haqida gapirmasa ham buladi. mayli... lekin bir kuni tunda oglimga shishada suv bersam erim nimaga muzdek suv berayapsan dedi man iliq suvku bu termosdan quydim deb tortishib turganimizda qaynonam 2-3 marta kirib chiqdi, keyin yotoqxonamizga shartta kirdida qaynotamga telefon qildi, tez kelin keliningiz janjal qilayapti deb. man hayronman. keyin qaynotam ham kirib keldida vaziyatni bilmasdan mani sokib haqoratlab ketdi. dadamga telefon qilib tez keling deb chaqirdi. dadam, ayam kelsa qaynotam baqirib ketdi ularga ham. keyin ular ham nima deganiz deb tortiwib ketishdi. arzimagan suv katta janjalga aylandi. ...

 

orada  ketib qoldim janjallardan toyib. orqamdan rossaaaa yalinib yolvorib kechirim sorab olib ketishdi, lekin uyiga oborishgach darrov ozgarib qolishdi. orada qaynisinglim chillasidan ajrashib keb quydi, uyam 2- qaynona bolib oldi.... eeeeehhh orada bunaqa janjallardan yana qanchasi buldi. qaynotam senator, yaqinda unvonli bolib mansabi kotarilib ketganidan song esa umuman bosar tusarini bilmay qoydi.

orada bir telejka gong keldi, qanonam qayniukangga tashish qopda dedi. man bu erkaklar qiladigan ish dedim. shuni ham qaynotamga aytdi, u tutaqib sokib ketdi, zaharingga yeysangku shuni maraz dedi, yigidan boshqa kuchim qolmadi, chunki ota onam siqilmasin dedim. bugun esa yana shuna holat, yaqinda ishga kirgandim, 2larda keldim, erimga obed tayyorlab , kir yuvib, umuman uy ishlarini qildim, soat beshlarga yaqin boshim ogrib 2minut yotishimni bilaman, ustimga qaynotam keb qoldi, bilmay qolibman. san faqat sasib uxlaysan, hech ish qimaysan, nimaga qoy tovuqlarga qaramading kabi mayda gaplarni gapirib  sokib ketdi, san moxov, maraz, lan'ati deganida iltimos haqorat qilmang desam san nimaga manga gap qaytarayapsan deb turtib urib ketdi. nimamish qaynotaga mumkinmish. keyin erimni chaqirib yoqot buni uyiga haydavor, bolasini dalaga olib ketaman dedi. nahot, quloqlarimga ishonmay qoldim. telefonimniyam tortib oldi. yalinib kechirim sorab zorga oldim...  ota onamga aytay desam mansiz ham tashvishlari kop, ham siqilishadi.... iltimos Sardor aka maslahat bering, iltimos, foydali maslahatingizni ayamang iltimoooos....

Яндекс.Метрика