У нас есть только
оригинальные песни

SIRLI SIRDOSH RUKNIDA. Buyurmadi baht yohud o'lgan sevgimni qaylarga ko'may.

calendar 18.05.2011
2890
Assalomu alaykum. Sirli sirdoshingizdan kelgan nomalarni sirli sirdoshingizni sirlarini bayon etishda davom etamiz. Sirli Sirdoshga bu safar Y.....ismli bir qiz hat yozibdi. Faqat bu qizga maslahat kerak emas ekan. Bu qiz uchun hammasi hal bo'libdi. Bu qiz menga BUYURMADI BAHT DEGAN MAQOLA VA SHER YOZIB BERISHIMNI ILTIMOS QILIBDILAR. QIZNI NIMA DARD QIYNAYOTGANINI Buyurtma maqolani o'qib bilib olasiz.

Oilada qiz farzand dunyoga kelsa unga chiroyli ismlar qo'yib huddi gul kabi parvarish qilinadi. Bejizga aytishmaydi qiz bola palahmon toshi qayerga otsang shu yerga tushadi deb. Avvaliga ota ona orzusi deb o'z orzularidan kechadi. So'ng turmush ortog'i kegin farzandlari deb o'z halovatinidan kechadi. Qiz oydey to'lib voyaga yetdi. Sovchilar keldi. Lekin sovchi sevganidan emas. Qizdan hatto so'rab ham o'tirishmadi. Yetti urug' aymoq to'planib to'yga rozilik berishdi. To'yga esa boru yog'u besh kun qoldi.Besh kun qoldi sendan butunlay ajralishimga. Besh kundan kegin senga bergan barcha vadalarimni yolg'on etib o'zgaga yor bo'laman. Besh kun o'tib umuman tanimagan odamga o'zimni baxshida qilib uni qo'llariga o'zimni topshiraman. Nima bo'lsa sho'r peshonamdan ko'raman.Nima qilay taqdir oldida ojizman ojiz. Kurashsiz sevgimni qurbon qildim. Ota ona roziligiga oz orzularimi alishdim. Hamma so'raydi to'y qaysi restaranda bo'lar,hamma so'rar kelin qanday kiyinar. Lekin kech kim so'ramaydi orzulari chil chil bo'lib singan ko'nglingda nelar. Besh kun shamollarida uchib ketar shamollarda qolgan hislarim. Besh kunda jon berar armonli muhabbatim. Besh kun o'tib so'nar hatto eng kichik umidim.Yo'q ayblolmayman seni ham,ayblamayman o'zimni ham,ayblashim notog'ri taqdirni ham aybdor kim? Sendan esa faqat bir narsasini iltimos qilaman. Iltimos agar meni kechirolsang kechir shunda ehtimol meni muhabbat ham kechirarmidi. Va meni bevafolikda ayblami taqdirni uzun qo'llari kurashsiz yengdi. O'zing ayt men nima qila olardim qiz boshim bilan. Sendan yana iltimos meni eslab yig'lama va sog'inma men bevafoni hatto eslama shirin hotira kabi meni unut. Boshqa hech qachon uchrashmaymiz deb vada ber. CHunki endi senga hatto qarasam ham gunox bo'lar. Va agar o'zgani sevolsang mendan yaxshirog'ini sevishga vada ber. Afsuski sho'r peshonamga baht bo'lib buyurmagan ekansan. Bu taqdir chidashga majbur ekansan.Faqat meni qarg'ama menga ollohdan bir kuchli qudrat ,va kuchli sabr tila. Men chidashim kerak ahir sensiz yashashga. Sevgimni bahtsiz qilib o'ldirganim yetar. Endi o'zga yorni quchib kelinlik vazifasini bajarish burchim bo'lar. Bevafoligim uchun berilgan eng og'ir jazo bu sensiz yashashga majbur ekanib bo'lar. Meni kechir hatto senga ohirgi so'zim aytolmadim. Meni sevganim bor deb tan ololmadim. Sevgimni asrolmadim. Ota onamga qarshi bormadim. Senga so'ngi so'zim menga buyurmagan baht senga nasib etsin. BAHTLI BO'L VA ALVIDO.

Buyurmadi baht (sher).
Ohirgi umidim ham so'nar besh kun o'tib.
Sen menga buyurmading baht bo'lib.
Qolasan menga bir umr armon bo'lib
Olib ketar yangalar yor yor aytib.

Taqdir ekan na iloj ketaman ko'nib.
Ayt o'lgan sevgimizi ketay qayerga ko'mib.
Ko'zlarimdan achchiq yoshlarim oqizib.
Yangalar olib ketar yor yor aytib.

Kurashsiz taqdirga tan berdim.
Ota onam orzusin ustun qo'ydim.
Senga vada berib o'zgaga yor bo'ldim.
Olib ketar yangalar yor yor aytib.

Ayblama meni bevafolikda.
Qiz taqdir oldida ojizda.
Qiz bolani vadasi bo'y yetkuncha.
Olib ketar yangalar yor yor aytib.

Kechir meni kechirolsang, muhabbat ham kechirarmidi sen kechirsang.
Eslama meni unitolsang,mendan yaxshisini sev o'zgani sevib qolsang.
Buyurmagan bahtim tushingda ko'r,meni sog'insang.

MIRANDA- Y...menga ishonib dardizni aytganiz uchun rahmat.So'ragan maqolani qo'limdan kelgancha bor istedodim bilan yozishga harakat qildim. O'ylaymanki siz bu maqolani o'qib ozgina bo'lsa ham ko'nglingiz taskin topadi. To'g'risi bu maqolani yozishim oson bo'lmadi chunki sizni dardizi his etib yozishim qiyin bo'ldi aybga buyurmaysiz. Sizga nima diyishga hayronman. Sizga bir gap aytaman hayotda hikmat ko'p. Sizga bir rivoyatni yozib beraman hulosa chiqaring
Qadimda bir malika bo'lgan ekan. Malika o'z kanizaklari bilan ovga chiqibdi. Ovga chiqqanda malika kamon otayotib qo'lini kesib olibdi. Shunda malika kanizaklari malikam bu yomonlikka debdi. Faqat bir kanizak bunda hikmat bor debdi. Kanizakni bu gapi malikaga yoqmabdi. Malika bunda hikmat bor degan kanizakni zindonga tashlashlarini buyuribdi. Bir hafta o'tib malika yana ovga chiqibdi va ovga odamho'rlarga duch kelibdi odamho'rlar qurbonlik qilishi kerak ekan. Lekin negadur odamho'rlar malikani qo'lini ko'rib qo'yib yuborishibdi. Malika nega meni yemay qo'yvordilar deb so'rabdi. Ular seni qo'ling kesilgan bizga hamma yog'i bus butun odam kerak qurbonlikda debdi. Malika saroyga boriboq haliga hikmat bor degan kanizakni uzr so'rab qo'yib yuboribdi. Shunda kaniza ko'rdizmi malikam hayotda hikmat ko'p agar siz meni zindonga tashlamaganizda ularga men duch kelishim mumkun edi debdi

Яндекс.Метрика