У нас есть только
оригинальные песни

SIRLI SIRDOSH yangi loyiha AFITSIANKA HAM ODAM...

calendar 15.05.2011
2343
Assalomu alaykum hurmatli zamondosh yoshlar.comda yangi loyiha. SIRLI SIRDOSH. Bu loyihani amalga oshirishimizga sabab meni pochtamga bir qiz yozgan hat bo'ldi. Bu qiz hatida maslahat so'rab sizdan maslahatizni ayamashizi iltimos qilgan. Endi sizlarga Sirli Sirdoshizdan kelgan hat va uni dardlari bilan tanishtirsam.Hullas hat shunday boshlangan.

Salom miranda mani ismim D......... Man yoshlar.com saytidan ro'yhatdan o'tmagan bo'lsam bo'lsam ham saytga tez tez kirib turaman va sizni yozgan maqolalarizi o'qib turaman sizga hat yozishimdan sabab manga haqiqiy tog'ri maslahat kerak. Man sizdan maslahat so'ramoqchiman pochtezi topish oson bo'lmadi. Man oddiy oilaning oddiy qiziman yoshim 20 da . 3 yildan beri bir kafeda afissiant bo'lib ishleman. Dadam rossiyaga ishlagani ketib u yerda bir rus ayoliga uylanib olib bizni esdan chiqardi. Uch yarim yildan beri na pul jo'natadi ha habar oladi. Hullas dadam ketgandan kegin man pul topish maqsadida afissiant bo'lib ishga kirdim. Ahir yashashga pul kerakku. Shu afisiantka bo'lib kirgan kunimdan hayotim o'zgardi. Manda ham yurak bor shu sabab kafeni hurmatli mijozlaridan birini sevib qoldim u ham meni sevib qoldi. Man yolg'on sevmadim sevgimiz pok bunga ham 3 yil bo'lay dedi. U Yigit ham mani hurmat qiladi jondan sevadi. Muammo shundaki u uyida bitta og'il bo'lgani uchun uni onasi sevgimizga qarshi unga o'ziga mos boy qizi olib bermoqchi. Og'li mani sevib qolganini bilgandan kegin, doim kafega kelib mani sharmanda qiladi. Man sandaqa afisiantkani kelin qilmayman afisantka odammas deb haqorat qiladi. Bazida hammasidan charchab orani ochiq qilmoqchi bo'laman. Lekin sevgim ustun keladi. Va u ham onamni gapini ko'nglinga olma onam unchalik yomonmas bizni tushunadi faqat ozroq sabr qil deydi. Man shu kungacha sabr qildim. Kecha ham yana onasi kafeha kelib rosa haqorat qildi nima emish afissiantkalar yomon emish man og'lini puli uchun sevarkanman agar undan boyrog'i uchrasa uni tashlab ketarkanman. Yana aytdiki bir dugonasini qizini kelin qilarkan sovchilikka ham boribdi. Manga alam qildi nima afissiantka odam emasmi?afissiantkada yurak yo'qmi? Tog'ri tan olaman bor shunday yomon afisiantkalar lekin 5 barmoq barobar emasku yaxshilari ham boru. Man afisiantka bo'lsam ham halol pul topaman chunki man ishlashim kerak onamni boqishim kerak chunki man katta farzandman ukam hali kichkina nolimayman yegani ovqatim, kiygani kiyimim bor. Birovdan bir so'm so'ramayman.Kegin man yig'lab unga onasi aytgan gaplarini aytib berdim to'yiz bo'larmish dedim. U yo'q deb mani yana ishontiryabdi. Onam yaxshi tushun sabr qil dedilar. Yana onam manga olib bermoqchi bo'lgan qiz boy bo'lgani bilan onam o'ylaganday qiz emas man onamga tushintiraman diyabdilar. Shu bo'lsa kerakda qiyshiq bo'lsa ham boyni bolasi gapirsin deganlari Maslahat bering miranda man nima qilay bu haqoratlarga sabr qilaymi? yoki orani ochiq qilaymi? Agar orani ochiq qilmasam onasi meni ishdan boshattirvorishi mumkun. O'ylaymanki mani tog'ri tushundiz va man haqimda yomon fikrga bormaysiz. Man onam bilan maslahatlasholmiman onamni avaylayabman bulardan onami habari yo'q o'ylaymanki manga tog'ri maslahat berasiz . Bu hatni saytga chiqasangiz ham mayli faqat ismimni o'zgartirib yoki bosh harfinila yozing maslahatizi kutib qoluvchi. D..........

MASLAHAT - Avvalom bor sirli sirdosh D......... etibor uchun meni o'zizga yaqin olib dardlashganiz uchun katta rahmat. Endi maslahatga kelsak eng avvoli sabrli bo'ling barcha yomonliklarni yaxshilik bilan yengin. Dard kelganda chiroyli sabr va aql bilan yengish insondi vazifasidur. Kegin yigit bilan yaxshilab gaplashvoling u onasiga tushuntirsim. Qiziq yigitni onasi og'lini uylantirmoqchimi?yoki uzatmoqchimi? men tushunmadim. Qizlarni onasini tushunishim mumkun qizim boy honadonga tushsin kam ko'sti bo'lmasin deyishadi. U ahir o'gil bolaku boy qizni olib bergani bilan ota onasini boyligini foydasi yo'qku. Undan ko'ra bittayu bitta o'gliga yaxshi kelin olib bersin. Ahir bekorga aytishmagan sepli emas epli kelin ol deb. Boylik o'zlarida borku onasiga shuni yaxshilab tushuntirsin. Kegin sizga yana bir gap yigitni onasini yomon ko'rib qolmang. Chunki keginchalik turmush qurselar onasini yomon ko'rib qolsez yashashiz qiyin bo'ladi. Sizdan iltimos onasini tushunishga harakat qiling u ona farzandiga yaxshi bo'lishini hohlaydi. Undan ko'ra onasiga o'g'li eng munosib qiz ekanizi isbotlang.Gaplarimdan hulosa chiqarish o'zizga. Shuni unutmang har yomondi yaxshisi bo'ladi hayotda esa hikmat ko'p.

QADRLI SAYTDOSHLAR SIZ SIRLI SIRDOSH QIZGA NIMA MASLAHAT BERASIZ. UNUTMANG SIZNI MASLAHATIZ KIMNIDUR TAQDIRI HAL QILISHI MUMKUN. Loyiha haqida fikr mulohazalarizi kutib qolaman. AGAR SIZDA HAM QANDAYDUR MUAMMOMALARINGIZ BO'LSA MIRANDA_89 LS YOZING. Biz sizga darkash bo'lamiz. Sirli sirdoshingiz bo'lamiz. Albatta ls yozgan odamni ismini sir tutishga va barcha saytdoshlar birgalikda maslahat berib muammoingizni birgalikda yechishga harakat qilamiz. Ahir kuch birlikda.

Яндекс.Метрика