У нас есть только
оригинальные песни

SIZ MENING QALBIMDASIZ SIZ MENING O'ZIMSIZ...!

calendar 20.10.2012
3250


Ha,men allaqachon muhabbat manzilidan uzoqlashib ketdim. Ketibman-u yuragimning nozik lavhalarini armon deya ataluvchi buyuk hukmdorga qul ekanimni bilmay qolibman.

Ishoning, men sizni baxtiyor etishni, baxtli ko'rishni o'zimni hayoliy orzuyimga aylantirgandim. Afsus, buni istamadingiz. Balki istagandirsiz ham, lekin menga hech ham bildirmagansiz. O'zingizni mening oldimda o'zgacharoq tutardingiz. Ammo menga o'zizni qanday tutishizi ahamiyati yo'q edi. Chunki qalbimda ertakda egallagan shaxzodalar o'rnini egallab bo'lgan edingiz. Sizga shunday qattiq bog'lanib qolgan edimki, hech kim, hech narsa, hech qachon uzolmasligiga ko'zim yetardi. Bu yo'lda hech kimning qurbi yetmasligini bilibmanu, sizning borligingizni unutibman. Nima bo'lganda ham men baxtli edim va ana shu ne'matning shirin hayollari bilan toabad qolaman. Hayotimdan, sizni uchratganimdan naqadar baxtiyorman. Qalbimdagi abadiy sevgim bilan yashash naqadar totli baxt! Yo'q, havotirlanmang, men endi sevgimizning o'sha so'lim bog'lariga hech qachon qaytmayman. Chunki men o'zga olamlarga ketib bo'ldim. Esizdami birga eshitgan qo'shiqlarimiz, birga o'tkazgan damlarimiz. Ular meni dunyoyimda, hayoliy olamimda yashayveradi. Faqat bir narsadan qo'rqaman, sizning nigohlaringiz. Endi sizning nigohlaringiz oldida tiz cho'kmasligiga ko'zim yetadi. Sizning sehrlab oluvchi nigohlaringiz ham o'z kuchini yo'qotdi. Endi siz umuman boshqa dunyosiz men uchun. Men faqat o'sha hayolimdagi insonni sevaveraman va u meni qalbimda bir umr qoladi. Men sizni qanday bo'lsangiz shundayligingizcha sevardim. Goh-gohida siz uchun nelarga qodirligimdan o'ylab qo'rqib ketardim. Ana o'sha qo'rquvlar bizni bir umrga ayirdi. Men o'zimni ham sizni ham ayblamoqchimasman. Bir o'ylang-a, bizni tanishishimiz ham antiqa bo'lgan, mana bugun ayrilishimiz ham o'zgacha. Bilasizmi, inson har doim baxtli yashamasligi mumkin. Lekin umrning qaysidir lahzalarini shu qadar baxtli, baxtiyor o'tkazadiki, ana o'sha baxtli onlar inson umri davomida nurafshon etadi. Nima bo'lgandayam, siz meni hayotimni o'ziz bilmagan holda mazmunga to'ldirdingiz. Ana shular uchun sizdan minnatdorman. Ehtimol, sizni hayotingizda sezilarli iz qoldirmagandirman. Ammo birga o'tkazgan chog'larimizni eslasangiz, bir bora kulib qo'yarsiz. Mendek bir nodon qizni sizni telbalarcha sevishini eslab yuzingizga bir bora tabassum yugursa -bu mening baxtim. Demak, hayotda men uchun bir bora jilmayishingizga arziydigan biror ish qilishga ulguribman. Yo'q, men sizdan kechirim so'ramayman. Chunki siz mening qalbimdasiz, siz mening o'zimsiz ... !

Nomalum oshiq

Яндекс.Метрика