У нас есть только
оригинальные песни

SIZGA TA'ZIM,SIZGA EHTIROM AZIZ USTOZLAR!!!

calendar 30.09.2012
52354
SIZGA TA'ZIM,SIZGA EHTIROM AZIZ USTOZLAR!!!

Ustoz! Shu birgina so`z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam.
O`qituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoqlasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo`riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir. Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so`zlarni yozishga o`rgatgan buyuk zotlardir.
AZIZ VA MUHTARAM USTOZ VA MURABBIYLAR SIZLARNI 1-OKTABR USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI BILAN CHIN DILDAN WWW.YOSHLAR.TV JAMOASI NOMIDAN QUTLAB QOLAMAN.AYYOMINGIZ MUBORAK BOLSIN!!!


USTOZ

Bir sharif tingladim yop-yorug' kunda,
Angladim Iymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da'vo yo'q menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.

Menga ta'sir qildi jami so'zingiz,
Demak jami so'zga sobit o'zingiz.
ko'rmagan bo'lsamda bir bor yuzingiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey, ustoz.

Hayratda qotdim men zulmat surindi,
Zimiston kechada bir nur ko'rindi.
Menga xitob bo'ldi: Do'stim yur, endi,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Amal maydonida g'arib emassiz,
Sho'rlik ahvolimni aslo sevmassiz.
Ehtimol siz mnei shogird demassiz,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Zayd ibn Sobitdek endi qalb to'htar,
Mo'minning nigohi kofirga o'qdir.
O'rtada boshqa bir robita yo'qdir,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Odamalr bir-birin mansab deb quchsa,
Yoki mol davlat deb par qushdek uchsa,
Jamiki muhabbat izidan ko'chsa,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Yovlaringizga goh yig'lab kularman,
Alarning oxirin taxmin qilarman,
Yusuf payg'ambarning sabrin tilarman,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.

Duoda qo'limiz, Xudoyim tengsiz,
Jannat deb atasin maskanlaringiz,
Bizga ham dushmandir dushmanlaringiz,
Sizni Alloh uchun suydim ey ustoz.

Yulinib olingach haq oramizdan,
duodan boshqa yordam yo'q bizdan,
Asli o'rganganman shuni ham sizdan,
Sizni Alloh uchun suydim, ey ustoz.
Яндекс.Метрика