У нас есть только
оригинальные песни

SIZNI UNUTISHGA UMRIM YETMAYDI...

calendar 04.10.2012
3691

SIZNI UNUTISHGA UMRIM YETMAYDI...

Hayotim, sizni hayotim deb atashimga sabab, sizni uchratganimdan keyin siz mening beg'ubor, g'amsiz hayotimga yangi sahifalar ochib, uni shirin yolg'onlaringiz, soxta sevgingiz, ushalmas orzular bilan to'ldira boshladingiz?
Endi mening oldingi quvnoq hayotim o'tmishda qolib, uni faqat shirin xotira sifatida eslashim mumkinu, lekin qanchalik xohlamay unga qayta olmayman!!!! Endi rangsiz hayotimning har bir daqiqasi, har bir azobi siz bilan bog‘liq!O'zingizku bu hayotimni o'zgartirib, boshida rang va quvonch olib kelgan edingiz, lekin qanday tez kelgan bo'lsangiz, ana shunday tezlikda o'sha quvonch va rangga qo'shib, mening shirin orzularim va jarangdor kulgularimni ham o'zingiz bilan ergashtirib ketdingiz?
Bag'ritoshim, sizga bog'lanib qolishimga bir oy yetdiyu, unutishimga umrim yetmaydi?
Qolgan umrimni endi soxta kulgular,ushalmas orzular va achchiq armonlar bilan o'tkazishga mahkumman!!!
Sizning qaytmasligingizni bilsamda sarg'aygan yaproqlar qoplagan yo'lingizga umid bilan boqaman! Uzoqdan ko'ringan har bir sharpaga yuragimda bir entikish, bir o'tinch ila boqib, ich-ichimdan siz bo'lishingizni xudodan so'rayman... Lekin u sharpa yaqinlashib, u siz emasligingizni o'z ko'zlarim bilan ko'rganimdan keyin ham, yosh to'lgan ko'zlarimni adashganlikda ayblab, qayta-qayta unga boqaman va adashganlgimni bilsamda "u bir kun albatta qaytadi va mening qorong'u olamimni o'z mexri va sevgisi bilan yoritadi" deb o'z-o'zimni aldayman...
Men mazmunsiz hayotimni har bir kunini, har bir daqiqasini ana shunday aldovlar va ushalmas umidlar ila o'tkazaman...
Sevgi qasrimni sizning go'zal yolg'onlariz bilan qurib, uning taxtiga faqatgina sizni munosib ko'rar edim... Lekin sevgim qasrining taxti ham sizning yolg'onlariningizdan qurilganligi sababli, uning egasi, shaxzodasi ham sarob bo'lib chiqdi...
Mayli, hammasi yolg'on bo'lsada o'sha yolg'onlar ila o'zimni ovutib, kelmas bo'lsangizda, sizni kutib yashayman...
Sizsiz vayron bo'lgan sevgi qasrimning darvozalari siz uchun bir umr ochiqdir, chunki hech kim bu qasrni o'z asl xoliga qaytara olmaydi... 

 ESSIZ BU DUNYODA SEVGANLAR KUYAR
 SEVGANLAR BO'LADI KIMLARGADIR ZOR,
 SEVGANNI SEVMAYSAN,SEVGANING SEVMAS,
 SEN KIMGA ZORSANU KIMLAR SENGA ZOR...
Яндекс.Метрика