Sizning yashashingizni qiyinlashtiradigan 5 ta xato

Baxtliroq yashash uchun bu odatlardan voz kechishingiz kerak.

  1. Faqat o‘zini o‘ylash

Hayotni qiyinlashtirishning eng oson yo‘li — o‘zingizni butun dunyo faqat sizning atrofingizda aylanayotgandek tutish. Qanday rejalar tuzishingizdan qat’i nazar, ular har doim boshqa odamlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Biron narsani rejalashtirmoqchi bo‘lsangiz ularning istaklari va imkoniyatlarini ham hisobga oling. Shunda siz mukammal rejangizni kimdir buzgani uchun hafsalangiz pir bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz.

  1. Tavakkal qilishdan voz kechish

Hayotni boy berilgan imkoniyatlar haqida armon bilan o‘tkazishning yana bir oson yo‘li — tavakkal qilishdan voz kechish.

Albatta, o‘z hayotini va sog‘lig‘ini xavf-xatarga qo‘yish to‘g‘ri emas, lekin gap unchalik muhim bo‘lmagan narsalar to‘g‘risida ketganda, bu ish hatto muvaffaqiyatsizlik bilan tugashi mumkin bo‘lsa ham hamma imkoniyatlardan foydalaning.

  1. Keraksiz odamlarga vaqt sarflash

O‘zingizga yoqmaydigan va sizga yomon munosabatda bo‘ladigan odamlarga vaqtingizni sarflab o‘tirmang. Vaqt — eng qimmatli boyliklardan biri hisoblanadi. Agar sizga bironta odam bilan muloqot qilish yoqmasa, undan ham muhimroq ishlar bilan shug‘ullaning yoki o‘zingiz uchun qadrli bo‘lgan odamlar bilan uchrashing.

  1. Ortiqcha yaqinlik tuyg‘ulari

Odamlardan ham, narsalardan yoki imkoniyatlardan ham voz kechishga o‘rganish juda muhim. Nimadir tamom bo‘lganiga bir umr afsus qilib yashash noto‘g‘ri. Buning o‘rniga yangisini tuzishni boshlang.

  1. Qaytarishning yo‘qligi

Baxtli bo‘lish uchun nafaqat olish, balki qaytarish ham juda muhim. Boshqalar bilan o‘rtoqlashing, maqtovlar ayting, yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling. Shunda siz atrofdagilarni ham, o‘zingizni ham biroz baxtliroq qilgan bo‘lasiz.


Комментарии (0) | Добавить: 31.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Ilhom qanday keladi?
Zidanning «Real»ga o‘tishi: Peres yanada ko‘proq berishga tayyor edi
Uyni toza tutish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Apple iPhone faoliyati sekinlashuvini o'chirishga imkon beradi
Qozog'istondagi fojiaga nima sabab bo'lgani aytildi
Qishda qanday qilib oson uyg‘onish mumkin? Sizni qutqaruvchi 4 maslahat
Toshturma yangi joyga ko'chirilmoqda
5 yilda 30 mlrd dollar. Apple AQSh bo'yicha rejalarini oshkor qildi
E`tiborni boshqarishning 7 usuli
Kim Chen In va Donald Tramp uchrashganmi?
Hatto urush ta’sir qilmaydi. Sayyoramizdagi eng muhim joyni bilasizmi?
Xurrak otishning davosi topildi! Buning uchun maxsus niqob taqib uxlash kifoya
Armaniston matbuoti: «Babayan millatchilik qurboni bo‘ldi»
YouTube orqali pul topish qiyinlashadi
Meizu yangi M6S smartfonini rasman namoyish qildi
Kreml Putinning sog'lig'i haqida ma`lumot berdi
«Android» dasturi sifatida «niqoblangan» virus keng tarqaldi
Britaniyada “yolg'izlik” bo'yicha vazirlik tashkil etildi
O‘ziga ishonmaslik qanday paydo bo‘ladi va uni qanday yengish mumkin?
Talabalar orasidagi g‘aroyib odatlar! Ular nimaga ishonishadi?
Islom Karimovning hech qayerda e’lon qilinmagan suratlari
Tishlarni oqartirishning siz bilmagan usullari
2017-yili O‘zbekistonda kishi boshiga o‘rtacha daromad 5,8 million so‘mni tashkil qildi
Aytishlaricha, «Tangem» O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi sayyohlik elchisi sifatida faoliyat yuritadi
Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori ishdan ketdi. O‘rniga yangisi tayinlandi
Dubay kompaniyasi 270 ming dollarlik ayollar tufligini yaratdi
40 yosh ostonasidagi Manzura: “Biz fahsh tarqatuvchi bo'lmasligimiz kerak”
Minor jome masjidi haqida nimalarni bilasiz?
Putin Leninning maqbaradagi tanasini avliyolarning qoldiqlariga tenglashtirdi
Shavkat Mirziyoyevning Twitter’dagi akkaunti verifikatsiyadan o‘tib, ko‘k belgiga ega bo‘ldi