У нас есть только
оригинальные песни

Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi

calendar 22.02.2017
1223

Microsoft kompaniyasi Android tizimidagi smartfonlar uchun Skype messenjyerining "yengillashtirilgan" versiyasini taqdim etdi. Skype Lite nomini olgan ushbu ilova kuchsiz smartfonlar va internet sifati past bo'lgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan. Bu haqda TechCrunch xabar berdi. 

Internet sifati yomonlashganda ilova ushbu tezlikka moslashadi va buning natijasida foydalanuvchi xabar va qo'ng'iroqlar funksiyasini noqulayliklarsiz ishlatishi mumkin.

Birinchi bosqichda ilova Hindistonda ishlaydi. Ilova hajmi 13 MB bo'lib, u Android 4.0.3 va undan yuqori bo'lgan versiyadagi smartfonlarda ishlaydi. Hozirda kompaniya ushbu servis boshqa mamlakatlarda qachon ishga tushishi haqida ma`lumot bermadi. 

Яндекс.Метрика