У нас есть только
оригинальные песни

Smartfon quli bo'lmaslik uchun nima qilish kerak: diqqatni va vaqtni tejash uchun 7 usul

calendar 17.07.2017
1784

Google kompaniyasining sobiq dizayn etikasi sobiq rahbari Tristan Harris iOS va Android DTda ishlaydigan telefonlarni haqiqatda ish beradigan qurilmaga aylantirish va ijtimoiy ilovalarni besamar boshqarishlarga vaqtni sarflamaslik borasida tavsiyalarini berdi.

To'g'risini aytganda, smartfonlar insonga berilgan eng qimmatli narsa – vaqtni o'g'irlaydi. Masalan, elektron pochta ilovasi yangi maktubdan xabar berdi: unga ko'ra, men kimdir Facebook sahifasida nimani qayd etganini bilishim shart ekan. Ekranni ochib, suratni ko'raman. Bo'ldi, ish tamom. Ammo 5 soniya vaqt ketdi. Ammo, men o'z ishimga 5 soniyada qaytmayman, balki taxminan 1200 soniyadan keyin qaytaman. 

«Oh, mana bu ahmoqlikka izoh qoldirmasa bo'lmaydi… Mana bu jozibador cho'qqilar qayerda ekan-a?... meni ushbu press-turga chaqirishmadi… Hammangiz suratlaringizni Prisma orqali namoyish qilish bilan jonga tegdingiz!..» — oradan 20 daqiqa o'tibdi hamki ish shu holicha turibdi, ammo men hamkasblarim va tanishlarimning nima tanovul qilgani, yangi smartfonni kimga sinovga bergani-yu, kimga bermagani,— shu sababli kimlardir sen-menga borgani va kim dam olish kuni qayoqqa borishini bilib oldim.

Facebook o'rnida «VKontakte», Instagram yoki yangi o'yin ham bo'lishi mumkin, ammo yuqoridagi holat bir-biriga o'xshash-ku, to'g'rimi? Xo'sh, men keraksiz axborotni bilish, virtual jang yoki boshqa bir ish uchun ish vaqtimning 20 daqiqasini ongli ravishda havoga sovurgan bo'larmidim? Yo'q, albatta. Meni kimdir shunday qilishga majburladimi? Nazdimda yo'q. Unda nima yuz berdi?

Raqamli «e`tibor iqtisodiyoti»da bizni o'z sayti, ilovasi yoki o'yinida ko'proq vaqtimizni olishni uddalaganlar boy va mashhur bo'ladi. Mahsulot insonni qanchalik ko'p ushlab tursa, uni ishlab chiqaruvchilarda shunchalik pul ishlash imkoniyati kengayadi. Diqqatni jalb qilish butun bir fanga aylangani ajablanarli emas. U bizlarni boshqarishda psixologiya, sotsiologiya va neyrobiologiya fanlarini barobar qo'llaydi.

Tristan Harris 2016 yil boshigacha Google kompaniyasining «dizayn etikasi» va «mahsulot falsafasi»ni boshqargan, biroq 2016 yil yanvarida o'zining Time Well Spent  —  «Yaxshi sarflangan vaqt» tashkilotini boshqarish uchun kompaniyani tark etgan edi. TWS maqsadi  —  IT-kompaniyalarni hozirgi «yashirin» jalb qilish usullaridan voz kechish zarurligiga va insonlarga texnologiyalarni o'z foydasiga qo'llashda ko'mak berishga ishontirishdir. 

Harris Medium platformasidagi blogida turli xil keraksiz dasturlar va o'yinlarga vaqtni sarflamaslik uchun smartfonni qanday qilib sozlash haqida hikoya qiladi. 

Axir, Facebook yoki Instagram sahifangizdagi navbatdagi “yoqdi” tugmachasi sabab huzur gormoni dofamin ko'proq ishlab chiqariladi hamda bosh miyada xushvaqtlik hissi kuchayadi. Quyidagi tavsiyalar Harris blogidagi maslahatlar, TED konferensiyalaridagi chiqishlari va boshqa manbalardan asosida tayyorlangan. 

Bular smartfonlarni sozlash bo'yicha sodda maslahatlar (ularning barchasini iPhone telefonida qo'llash mumkin, aksariyati  — Android-qurilmalarda ham bor) va raqamli dunyo sehrgarlarining vaqtingizni «o'g'irlashi»ga qarshi ongli ravishda qarshi tura olishingiz bo'yicha tavsiyalardir. 

1. Asosiy ekran  —  instrumentlar uchun

Gallup so'rovlariga ko'ra, amerikaliklarning aksariyati bir soat ichida smartfonlarini bir necha marta yoki undan ham ko'p tekshirishadi. Deloitte tadqiqoti bu boradagi raqamlarga aniqlik kiritgan. 2015 yildagi o'rtacha ko'rsatkiya kuniga 46 martadir. Bu 2014 yilda 33 marta bo'lgan.

Har sfar hech bo'lmaganda 1 daqiqadan sarflanganda ham bu kuniga 46 daqiqani, haftasiga 5 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Endi, 1 daqiqani 2 daqiqa deb hisoblaganda: 10 soat 40 daqiqa kelib chiqadi. Bu tushligi va idoraga borish uchun vaqt bilan qo'shib hisoblaganda yana bir ish kunidir.

Shu boisdan ham asosiy ekranda faqat instrumentlar bo'lishi maqsadga muvofiq. Bular: eslatmalar, taqvim, vazifalar ro'yxati, ob-havo, xarita yoki taksini chaqirish dasturi. Pochta ilovasini ham kuniga ko'pi bilan 5 ta maktub oladigan bo'lsangiz, shu qatorga kiritsa bo'ladi. Aks holda, u ham ijtimoiy tarmoqlar singari vaqtingizni o'g'irlaydi. 

Bundan tashqari, ongli ravishda vaqtingizni ko'proq o'tkazishni istagan ilovalar, masalan, ta`lim beruvchi podkastlarni tinglash, xorijiy til, ichilgan suvlar sanog'ini olib boruvchi va ish vaqtida oddiy mashqlar kabi ilovalar shular jumlasidan. 

2. Qidiruv qatori = o'z-o'zini nazorat qilish

Diqqatni ko'proq o'g'irlovchi ilovalarning joyi bitta  — ikkinchi ekrandagi papkalar. Ularni tartibga solish ham kerak emas. Chunki ularni tez qidirish qatori orqali ishga tushirish mumkin. iPhone smartfonida Spotlight qidiruvi barmoqni asosiy ekranda tepadan pastga yoki chapdan o'ngga tomon yurgizish bilan chaqiriladi. Ko'plab Android-qurilmalari, xususan, so'nggi Sony telefonlarida ham shunga o'xshash funksiya bor.
 
Bu aslida, aytaylik, Instagram sahifasini ishga tushirishga ko'proq vaqtni talab qiladi. Ammo, bizga aynan shu narsa kerak —  u ilovani o'z-o'zidan ishga tushirishimizga imkon bermaydi. Barmoq bilan F (yoki I) harflarini tera boshlaganingizda rostdan ham kamida 10−30 daqiqani shu ilovada o'tkazishni xohlayotganingizni o'ylab ko'rishga vaqt bo'ladi. 

Agar sizda iOS 9 dasturiy ta`minoti bo'lsa, qulaylik uchun o'ylab topilgan yana bir funksiya  — Siri takliflaridan voz kechish maqsadga muvofiq

3. Ekranni bloklab qo'yish  — do'stingiz

Biz oddiy, bir martalik harakatlar uchun ham blokdan chiqaramiz. Ammo, ko'zlagan ishni amalga oshiirgach, u yoki bu «diqqatni yemiruvchilar»ga e`tibor qaratamiz. Shunga ko'ra, bu kabi harakatlarni ekranni blokdan chiqarmasdan amalga oshirishga urining. 

Bu bilan siz ham o'z maqsadingizga erishasiz, ham o'yin yoki ijtimoiy tarmoqning qarmog'iga ilinmaysiz. Bunda eng yaxshisi asosiy ekranni barmoq izi bilan emas, balki pin-kod bilan bloklash ishonchliroqdir.

iPhone telefonida «Boshqaruv punkti»dan kamera yoki kalkulyatorni ishga tushirish mumkin. uyg'otg'ich soatini belgilash va chiroqni yoqish mumkin. 

Turli firmalarning turli dasturiy ta`minotga ega Android-smartfonlarida ekranlar ko'rinishi farqlanadi. 

4. Ikkita ekran yetarli

Ekranni blokdan chiqarib, asosiy ekranga bir soniyaga ko'z tashlab, ekranni o'ng va chapga bir necha marta o'tkazib, so'ngra yana ekranni bloklab qo'ygan vaqtlar ko'p bo'ladi, e`tibor berganmisiz? Aslida, bizning miyamiz muhimroq ish o'rniga keraksiz narsa bilan bilan shug'ullanishni istaganda va buning uchun taqdirlanishni xohlasa, shunday bo'ladi. U yangi xabarlar yoki “yoqdi” tugmachalaridan ogoh etuvchi rang-barang ishoralarni izlaydi.

Bunga yo'l qo'ymaslik uchun ekranlar sonini ikkitagacha kamaytirish kerak. Birinchisi «instrumentlar ekrani» va ikkinchisi boshqa barcha dasturlar yashirilgan papkalar ekrani. Bunda, papkalarning birinchi sahifasida bitta ilovani oq-qora rangda qoldiramiz.

5. Xabarlardan ogohlantirish

Shunday qilib, ilovalarning qimmatli vaqtimizni o'g'irlashga urinishlarini anglab yetdik va bu masalani hal etdik. Xo'sh, smartfon turli ogohlantirishlar bilan jig'ingizga teksa, nima qilish kerak? Asosiysi, ilovalar va xizmatlarning asossiz ishoralarini imkon qadar kamaytirish lozim. Bunda, haqiqiy insonlardan keluvchilarini qoldirish kerak. Irvindagi Kaliforniya universitetiningDasturiy ta`minotlarning foydalanuvchilar bilan aloqasi sohasida yetakchi tadqiqotchilardan biri Gloriya Mark fikricha, har bir e`tiborni chalg'itish bizga 23 daqiqaga tushadi. Shundan so'ng, inson bajarayotgan asosiy ishiga qaytadan diqqatini jamlashi talab etiladi. Bundan tashqari, bizlarni qanchalik ko'p chalg'itishsa, biz o'zimiz ham Instagram, Facebook yoki yangiliklar saytiga kirish bilan ko'proq chalg'ishni xohlab qolamiz. 

Albatta, messenjyerlardagi ogohlantirishlarni o'chirmaslik kerak. Ammo, Instagram va Facebook kabilarni o'chirib qo'ygan ma`qul. Elektron pochtani ham o'chirib qo'ying. O'qilmagan maktablar o'z-o'zdan yo'qolib qolmaydi. Agar siz kimgadir juda zarur bo'lib qolsangiz, xavotir olmang, ular sizga qo'ng'iroq qilishadi yoki SMS yuborishadi. “Balki, biror muhim narsani o'tkazib yuborishim mumkinku?”, deb xavotirlanish befoyda.

20 yillar avval, mobil telefonlari ommaviy tarqalmasdan avval ham insonlar bugungi kundan unchalik ham farqlanmagan holatda istiqomat qilishdi va yashab kelishmoqda. Hech narsa bo'lgani yo'q.

6. Vibratsiya tushunchasi

Biz telefonni atrofdagilarga xalaqit bermaslik vajidan va shundagina  kamroq chalg'ish ilinjida vibratsiya tartibiga o'tkazsak, xato qilamiz. Vibratsiyaning har bir ishga tushishi: nima ekan? Degan fikrni uyg'otadi. Rahbardan xabardir? Rafiqamdan SMS? Facebook sahifamda qoldirilgan izohmikan? Ba`zi hollarda smartfon o'z-o'zidan vibratsiya qilganidek ham tuyuladi. 

Afsuski, har bir ilova uchun o'ziga xos vibratsiya turini joriy qillish yaxshi bo'lar edi. Biroq, SMS/iMessage va qo'ng'iroqlar uchun o'z vibratsiya turini yozish imkoni bo'lsa yanada yaxshi bo'lar edi. 

7. Yaxshisi uyg'otgich soat xarid qiling

Qaysi biri maqbul bo'lsa shuni sotib oling  —  asosiysi, ortda qolmasin va uyg'otsin. Har bir yangi kunni smartfonsiz boshlash va yakunlashdan xalos bo'lsangiz va uni qo'shni xonada quvvatlantirishga ko'niksangiz, kuningiz qanchalik o'zgarishiga guvoh bo'lasiz. Tong sahar ko'zimizni zo'rg'a ochib, smartfonda ko'rgan ilk xabarimiz kunimizga o'z ta`sirini ko'rsatadi. Kechki payt tiniqib uxlashni xohlasangiz, smartfon ekraniga umuman qaramagan ma`qul. 

Agar yuqoridagi fikrlar notabiiy ko'rinsa, siz haqsiz. Bunday bo'lishimumkin emas, aslida. Smartfonlar yoki kompyuterlardagi dasturiy ta`minotlar boshqacha tuzilgan. Insonlar o'z vazifalarini bajarishga ko'proq e`tibor qaratishsa, yaxshiroq bo'lar edi. Shunda ular kamroq ruhiy tushkunlikka tushar, oila va ishdan birini tanlashga majbur bo'lmas, o'z orzusiga yetishi uchun ko'proq imkoniyatini ishga solgan bo'lar edi. Axir, aynan mobil qurilmalar, kompyuterlar, ularning dasturiy ta`minotlari va ular bilan ishlaydigan brauzerlar, kommunikatsiya ilovalari insonlar va «diqqat iqtisodiyoti» o'yinchilari o'rtasida vositachi bo'ladi. Shu bilan ular omadli investorlarning pulini biz bilan sizning vaqtimizga almashtiradi. 

Яндекс.Метрика