У нас есть только
оригинальные песни

Smartfonlar davri intihosi: Kelgusida gadjyetlarning "yo'q bo'lish" sabablari ma`lum qilindi

calendar 30.08.2017
1040

Sayyoramiz foydali qazilmalarning surunkali yetishmovchiligiga yo'liqmoqda, xususan, yuqori texnologik gadjyetlarda qo'llaniladigan qazilmalar. Ekspertlarning ishonch bilan ta`kidlashicha, smartfonlar, elektromobillar va hatto mis simda uchraydigan asosiy komponentlar tobora tugab bormoqda. Ushbu asosiy foydali qazilmalarning ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qiluvchi turli muammolar, aftidan, kelgusida ularning global tanqisligiga olib keladi. Hi-Tech shu haqidagi maqolasi bilan bo'lishdi.

Qazilma materiallar yetishmaydi

Xalqaro olimlar guruhining Delaver shtati universiteti  shtab-kvartirasi bilan birgalikda o'tkazgan tadqiqoti tez orada texnikaga bo'lgan talab taklifni ortda qoldirishini ko'rsatgan. Hatto xomashyoning qayta ishlanishi ham yuqori texnologiyali qurilmalarni ishlab chiqarish uchun yetarli material bilan ta`minlay olmaydi. Gap mis, shuningdek neodim, terbiy va iridiy kabi yanada noyob metallar haqida bormoqda.

Jamoaning yetakchi tadqiqotchisi Salim Ali shunday deydi: "Iqlim, bioxilma-xillik, ko'chib yuruvchi turlarni saqlash  va hatto organik kimyoviy moddalar chiqindilari bilan muomala qilish borasida xalqaro bitimlar majud, ammo mineral qazilmalarni boshqarishga doir xalqaro mexanizmlar yo'q".

Talab oshib bormoqda, ishlab chiqarish esa qiyinlashmoqda

Bundan tashqari, konlarni aniqlab, ishlab chiqarishni boshlagunga qadar ko'p yillar o'tishi mumkin.  Masalan, so'nggi yirik mis qazib chiqariluvchi kon 15 yil avval Mo'g'ulistonda aniqlangan edi, mahsulot ishlab chiqarish esa o'tgan yiliga kelib start oldi. Ta`kidlash joizki, ko'pgina metallar, jumladan mis ham ishlab chiqarishda o'rnini bosishi mumkin bo'lgan muqobiliga ega emas.

Bugungi kunda "yashil" texnologiyalar sayyoraning yagona "xaloskori" hisoblanadi, biroq ularda ham o'sha noutbuklar uchun kerak bo'lgan foydali qazilmalar katta miqdorda qo'llaniladi, bu esa o'ziga xos raqobatni yuzaga keltiradi.

Kelajakni shunday tasavvur qilganmidik?

Bir necha yil avval kelajak smartfonlarini qanday tasavvur qilar edik? Nahotki shaffof smartfonlar va ekrani olinuvchi gadjyetlar o'rniga bizni "aqlli qurilmalar" davrining intihosi kutmoqda?!

Яндекс.Метрика