У нас есть только
оригинальные песни

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning o‘g‘li qidiruvga berildi

calendar 07.03.2018
954

O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li — Alisher Qodirov qidiruvga berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Alisher Qodirovga (1979-yilda tug‘ilgan) nisbatan O‘zbekiston Respublikasining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:

  • 165-modda 2-qismi “a” bandi — tovlamachilik, takroran yoki xavfli retsidivst tomonidan;
  • 165-modda 3-qismi “a” bandi — katta miqdordagi tovlamachilik;
  • 168-modda 3-qism “a” bandi — firibgarlik;
  • 168-modda 4-qism “a” bandi — katta miqdorda firibgarlik.

Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga nisbatan Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Яндекс.Метрика