У нас есть только
оригинальные песни

Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi

calendar 23.02.2017
1753

Sobiq ittifoqning birinchi va so'nggi prezidenti Mixail Gorbachyov Germaniyadagi villasini sotuvga qo'ydi, deb xabar bermoqda Süddeutsche Zeitung nashri.

Gorbachyov 10 yil avval sotib olgan Hubertus-Schlössl villasi Tegernze ko'li sohilida joylashgan.

3 qavatli villaning maydoni 600 kvadrat metrni, unga yondosh hududning maydoni esa 2,6 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Villa 1908 yilda qurilgan va 100 yil o'tibgina ilk marta restavratsiya qilingan.  

Nashr villaning aniq narxini keltirilmagan, biroq ma`lumotlarga ko'ra, uning narxi bir necha million dollarga yetadi. 

Яндекс.Метрика