У нас есть только
оригинальные песни

Sobiq mahbus elektr tarmoqlari korxonasiga ishga kirdi va odamlarni talay boshladi

calendar 06.11.2016
1637

Ohangaronlik Botir Boyzoqov (ism-shariflar o'zgartirilgan) ilgari o'g'irlik jinoyatini sodir etib, sudning qora kursisiga o'tirgan edi. Ammo amnistiya aktiga asosan jazodan ozod etilganiga qaramay, qilgan ishidan tegishli xulosa chiqarmadi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga nazoratchi-montyor bo'lib ishga kirgan Botir yana jinoyat yo'lini tanladi. U va sherigi J.G'aniyev bilan o'ziga biriktirilgan 4-kichik tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro Oybek Mansurovning xonadonida tekshiruv o'tkazdi. Botir Oybekka elektr tarmog'iga noqonuniy ulanganini, 200 AQSh dollari bilan ishini hal etib berishini aytadi. 

Oybek Mansurov ertasi kuni elektr tarmoqlari idorasiga bordi. Elektr quvvatidan noqonuniy foydalanmaganligini, bu holatga aniqlik kiritishini so'rab, murojaat qildi. Ammo hech qanday natija bo'lmadi. Shundan keyin Botir Boyzoqovning qonunga zid xatti-harakatlaridan norozi bo'lib, huquq-tartibot idorasiga murojaat qildi.

Surishtiruvlarda Botir Boyzoqov fuqarolar F.Abduvahobovadan foydalanilgan elektr energiyasi uchun to'lovni amalga oshirib berishini aytib, firibgarlik yo'li bilan 150 ming so'm, X.Amirovdan 257 ming 500 so'm, D.Aliyevadan 100 ming so'm pul olib, elektr tarmoqlari korxonasi g'aznasiga kirim qilmasdan o'zlashtirib yuborgani aniqlandi. Unga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.

Яндекс.Метрика