У нас есть только
оригинальные песни

Sobiq "Setora" guruhi konsert beradi

calendar 19.08.2015
4617

Sobiq «Setora» guruhi qizlari yana birlashishdi. Afsonaviy guruh vakillaridan ayni vaqtda afqatgina Laylo Galiyeva Leyli tahallusi bilan ijodda band edi. AQSHning Filodelfiya shtatida istiqomat qilayotgan Feruza Latipova farzandlar tarbiyasi bilan band. Kamilla Xodjayeva esa, o‘zining shaxsiy tadbirkorligi bilan mashg‘ul.

«Setora»ning konsert dasturini uyushtirishiga, yaqindagina Feruza Latipovaning Toshkentga qaytib kelishi sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Guruhning qayta yig‘ilib konsert berishidan xabar topgan muxlislar juda xursand bo‘lishdi. Muxlislarning ijtimoiy tarmoqdagi sobiq «Setora»ni qo‘llab-quvvatlayotgani buning yaqqol isboti.

Feruza Latipovaning Toshkentda qancha vaqt bo‘lishi noma’lum. Lekin xonandaning Filodelfiyaga qaytib ketishi aniq.

Afsonaviy, siz sog‘ingan damlarni esga soluvchi guruhning konsert dasturi 28-avgust sanasida Toshkentdagi Cinzanno restoranida bo‘lib o‘tadi.




Яндекс.Метрика