У нас есть только
оригинальные песни

Sobir Rahimov haykali yana eski joyiga ko‘chiriladigan bo‘ldi

calendar 03.05.2018
1224

2011-yilning qishida G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirib o‘tkazilgan general Sobir Rahimovning Toshkentdagi haykali yana o‘z joyiga qaytariladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Norin tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, haykalning joyiga qaytarilishi tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo‘ladi.

Mazkur haykal (1981-yilda ochilgan) bunga qadar Sobir Rahimov hokimiyati binosi qarshisida joylashgan edi. 2010-yil oxirida tuman Olmazor nomi o‘zgartirilgan. Shuningdek, “Sobir Rahimov” metro bekati ham “Olmazor” deya nomlangan..

Sobir Rahimov 1902-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va 1941—1945-yillar davomida bir necha bor jarohat olgan. 1944-yilning noyabrida ikkinchi Belorus frontining 65-armiyasiga qarashli 37-sonli o‘qchilar diviziyasi komandiri etib tayinlangan. 1945-yili urushda halok bo‘lgan. Uning jasadi Toshkentda dafn etilgan. 1965-yilning 6-mayida unga (vaofitdan so‘ng) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni topshirilgan.

Яндекс.Метрика