У нас есть только
оригинальные песни

Soch parvarishidagi 7 xato

calendar 08.01.2017
2169

Sochingizni qanday parvarishlaysiz? Shunchaki, yuvasiz xolos? Yoki haftada bir bor bo`lsada davolovchi niqoblar bilan ham siylab turasizmi? Bajarayoitgan amallaringizni to`g`ri qilayapman deya olasizmi? Ushbu sonimizda soch parvarishi bilan bog`liq ayrim noto`g`ri qarashlarga oydinlik kiritishga harakat qilamiz!

1. Sochlarni yuvib bo`lgandan keyin ularni albatta tarash kerak!

To`g`i! Ho`l sochlar bir-biriga yopishadi. Ularning mana shu holda qurishiga yo`l qo`ymaslik darkor. Sababi, keyin ularni biror holatga keltirish qiyin bo`ladi.

Unutmang! Taroq iloji boricha qalin dumaloq tishli bo`lishi kerak. Soch tarashni uchidan boshlang, so`ngra o`rtasidan uchigacha va eng oxiri ildizidan pastga qarab tarang.

2. Sochlarni tez-tez kesib tursangiz, ular qalin bo`ladi

Noto`g`ri! Tez-tez kesib turiladigan sochlarning tolasi ko`paymaydi, demakki soch ham qalinlashmaydi.

Unutmang! Soch bir oyda o`rtacha 1 santimetrga o`sadi.

3. To`kilayotgan sochlar, nosog`lomlikdan darak beradi.

Noto`g`ri! Soch to`kilishi aslida normal holat. Bir sutkada inson 100 tolagacha soch yo`qotishi mumkin. Lekin, sochning hovuchlab to`kilishi xavfli. Shuni bilingki, sochlarni qattiq tarash ham tolalarga shikast etkazadi, bu esa ularning to`kilib, gullab, sinishiga olib keladi.

Unutmang! Odam boshida och malla rangli sochlar — 140000, jigar ranglisi — 109000, qora sochlar-102000 va malla sochlar – 88000 soch tolasidan iborat. Bunday ko`rsatkich bilan bir kunda 100 dona soch yo`qotish qo`rqinchli emas!.

4. Bosh kiyimning sochlarga zarari bor

To`g`i! Tor hamda junli bosh kiyimlar sochlarni kislorod bilan oziqlanishiga halal beradi, ularning ko`rinishiga va sog`ligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ammo bosh kiyimdan umuman voz kechish noto`g`ri chunki, u yozda sochlarni ultrabinafsha nurlaridan, qishda esa sovuqdan asraydi.

5. Dieta saqlashning sochga aloqasi yo`q

Noto`g`i! To`laqonli rasion go`zalikka eltuvchi eng to`g`ri yo`l. Agar sochingiz jilosiz bo`lsa, organizmingizni proteinlar bilan to`yintiring. O`z taomnomangizga tabiiy mahsulotlar, baliq, go`sht, tuxum qo`shing. Ayniqsa to`q yashil tusdagi sabzavot va mevalar soch uchun juda foydali. Unutmang! Petrushka (kashnichsimon ko`kat), rayhon, ukrop kabi ko`katlar immunitetni ko`tarishga yordam beradi, bu esa sochlar sog`lom bo`lishini ham ta`minlaydi!

6. Sochlarni tez-tez yuvib, bo`yash ularning to`kilishiga olib keladi

To`g`ri! Sochni har ikki kunda bir marta yuvish maqsadga muvofiq bo`lardi. Agarda boshingizni haftasiga 5-7 marta yuvishga o`rgangan bo`lsangiz, unda kunora ishlatishga mo`ljallangan shampundan foydalaning. Bunday shampunlar sochlaringizni quritib yubormaydi. Soch bo`yalgandan so`ng esa uni namlantiradigan, tiklab, himoya qiladigan soch vositalaridan foydalaning.

7.Zamonaviy quritish vositalar mutlaqo bezarar

Qisman to`g`ri! Ularni me`yorida ishlatish ma`qo`l. Vaqt vaqti bilan sochlaringizga dam berishingiz maqsadga muvofiq.
Яндекс.Метрика