У нас есть только
оригинальные песни

Sochiga parvozni amalga oshirayotgan qizlar bortda kuylagani uchun jarimaga tortildi

calendar 05.05.2016
1816

Qanday qilib, asabiylashgan inson tezda tinchlanishi mumkin?

Hayotimiz turli stresslarga boy, har qancha ularga e`tibor bermaslikka harakat qilsak-da, ba`zan buni eplay olmaymiz. Quyida “Gazeta.ru” nashri stress engishning eng oson yo`llarini tavsiya etadi.

Idish yuvish

Oramizda ko`pchilik bu mashg`ulotni yoqtirmaydi, har kuni minglab odamlar idish yuvadigan mashinani o`ylab topgan odamga tasannolar aytishadi. Amerikalik olimlarning fikricha, idish yuvish ham meditasiyaning bir turi hisoblanadi. Chunki odamning qo`li idish yuvish band bo`lganda xayoliga turli o`ylar keladi, his-tuyg`ular olamiga g`arq bo`lib, tashqi olamdan uzilib qoladi. Faqat buni eplay olish kerak. Agar idish yuvish jarayonida o`sha lahzani his qilib, diqqat-e`tiboringizni bir nuqtaga jamlay olsangiz 27% kamroq asabiylashasiz, 25 % ko`proq samarali fikrlaysiz. 

Oyoq kiyimingizni eching

Ishxonada o`tirganda stol tagiga bildirmay, tuflingizni echib qo`ysangiz, tanangizni yoqimli his-tuyg`ular chulg`aydi. Sharq tibbiyotida oyoq kafti asosiy massaj qilinadigan joylardan biri hisoblanadi, gilam, qum, ko`m-ko`k maysa ustida shunchaki yalangoyoq yurish ham odamni tinchlantiradi. Bundan tashkari poyabzalni echgandan keyin zaminga oyoq qo`yish sizda umidvorlik, qat`iyatlilik, xotirjamlik hislarini uyg`otadi.

Atrofga suv seping

Shahar sharoitidan charchagan odamga tabiat qo`yniga chiqish tavsiya etiladi. O`simliklar olamining o`zi ham har qanday stressni engadi, agar odam bog`da yoki tomorqada ishlaydigan bo`lsa, asabi tinchlanadi. Judayam asabiylashayotgan bo`lsangiz, boqqa chiqib, daraxtlarga, o`simliklarga suv seping, bu sizni tinchlantiradi.

“Tetris” o`ynang

Bu XX asrda qolib ketgan eski o`yin, deb o`ylayotgan bo`lsangiz adashasiz. Bu postravmatik sindromning oldini olishga yordam beradi. Rahbari baqirib, asabini buzgan odamlar uchun tetris yaxshi stressni engish qurolidir.  

Qor parchalarini tomosha qiling

Derazadan qor parchalarining chirpirak bo`lib tushayotganini tomosha qilish qanday maroqli. Gap bu erda qor haqida emas, stressni engish haqida ketmoqda. Tabiatning har bir hodisasi, tasviriy san`atga doir asarlar inson ruhiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Яндекс.Метрика