У нас есть только
оригинальные песни

Sochlar stress natijasida oqarishi mumkinmi?

calendar 09.10.2017
1303

Olimlarning fikricha, stress ham oq sochlar paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi.

Nasldan-naslga o‘tish bilan bog‘liq ravishda odamlarning sochlari 30-40 yoshlarda oqara boshlaydi. Ko‘pchilik olimlar bu hodisa melanin pigmentlarini yuzaga keltiruvchi hujayralar — melanotsitlarni ishlab chiqarishning to‘xtashi bilan bog‘liq degan taxminiy fikr tarafidalar.

Bizning sochlarimiz o‘sadi, to‘kiladi va yana o‘sib chiqadi. Takrorlanib turadigan bu jarayon bir necha yillargacha davom etadi. Soch oqarishining birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilan har bir siklda oq sochlar ko‘paya boshlaydi. Agar boshingizning yarmi oqargan bo‘lsa, unda keyingi sikl oxirigacha sizning sochlaringiz deyarli to‘liq oqarib bo‘ladi.

Ha, haqiqatan ham stress bu jarayonga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Olimlarning aniqlashicha, stress tufayli sochlarning o‘sish sikli qisqarar ekan. Demak, oq sochlar ham tezroq paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, stress odamning tez qarishiga va melanotsitlarning yo‘qolishiga olib keluvchi tizimli yallig‘lanishni ham keltirib chiqaradi. Mana, hatto yosh odamlarda ham oq sochlarning ko‘p bo‘lishi mumkinligining sababi nimada ekan.

Umuman olganda, agar siz tez-tez asabiylashsangiz, siz uchun vaqtidan oldin oq sochlarga ega bo‘lish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi.

Яндекс.Метрика