Sog'liqni saqlash vaziri 2018 yil uchun rejalarni bayon qildi

O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov vazirlik rasmiy saytida 2017 yil sarhisobi hamda 2018 yildagi rejalar haqida o'z fiklarini bayon etdi.

Sarhisobda vazirning qayd etishicha, 2017 yilda poliklinikalar rahbarlari va mutaxassislarining faoliyati bo'yicha Parlament va jamoatchilik nazorati yo'lga qo'yildi. Shifokor qabuliga masofadan turib yozilish imkonini beruvchi elektron tizim bosqichma-bosqich joriy qilinmoqda.

Biroq xalqimizning birlamchi tizim bo'yicha talabini qondirish uchun buning o'zi yetarli emas va ushbu yo'nalishda 2018 yil uchun muhim rejalarimiz bor:

Aholini, ayniqsa, qishloq joylarda tizimli patronaj qamrovi sifatini yaxshilash, birlamchi tizimda moddiy-texnika bazani mustahkamlash va statsionar muassasalar bilan uzviy hamkorlikni ta`minlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirishimiz lozim. Aniqlangan kasalliklar dispanserizatsiyasini tizimli ravishda amalga oshirish, ona va bola skriningi hamda tibbiy genetik xizmatni yaxshilash kabi o'ta dolzarb va ijtimoiy ahamiyati yuqori bo'lgan masalalar ustida astoydil ishlashimizni davrni o'zi taqozo qilmoqda.

Buning uchun 1046ta qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarining moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo'yicha 2018–2021 yillar uchun dastur shakllantirildi. Unga ko'ra:

2018 yilda — 146ta muassasa uchun 112,7 mlrd.so'm;

2019 yilda — 243ta muassasa uchun 181,4 mlrd.so'm;

2020 yilda — 315ta muassasa uchun 242,0 mlrd.so'm;

2021 yilda — 338ta muassasa uchun 269,0 mlrd.so'm — jami 805,1 mlrd. so'm mablag' ajratish ko'zda tutildi.

Yana bir muhim jihat — 2018 yilda QVP va QOPlarni EKG, laborator va sterilizatsion uskunalar, ginekologik, xirurgik va shifokorlik jamlanmalari bilan qo'shimcha jihozlash belgilangan.

Shoshilinch tibbiy xizmat tizimini takomillashtirish, uning faoliyat samaradorligi va tezkorligini yanada oshirish borasida ham izchil islohotlar o'tkazildi. Davlatimiz rahbarining shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirishga doir farmoni doirasida:

  • 2017 yilning o'zida 1 ming 269 dona tez tibbiy yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olindi;
  • tez-tibbiy yordam xizmatini dori vositalari bilan ta`minlashni moliyalashtirish hajmi 2 barobarga oshirildi;
  • dori vositalari bilan markazlashgan holda ta`minlash yo'lga qo'yildi;
  • 55 ta kasallik turi bo'yicha yagona standartlar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini dori vositalari bilan ta`minlash uchun 2016 yilda 4,8 mlrd.so'm ajratiladigan bo'lsa, 2017 yilda 9,6 mlrd.so'm, 2018 yilda esa 22,5 mlrd.so'm mablag' ajratilishi ko'zda tutilgan, — deyiladi vazirning hisobotida.


Комментарии (0) | Добавить: 01.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Suvni qachon ichgan ma`qul: ovqatgacha, undan keyin yoki ovqatlanish davomida?
Rasman: O‘zbekistonda «Real Madrid» klubining futbol maktabi ochiladi
Ta’tildan qaytgach, ishga kirishish qiyin bo‘ladi. Nima qilish kerak?
Milliy xavfsizlik xizmati faoliyati ustidan Parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi
Ulug‘bek Qodirov yangi qiyofada. Xiva xonligi bosh vazirining sirli o‘limi haqida film suratga olinadi
Toshkentda 6 kishi bir kishini temir va yog‘och bilan urib tashladi
«GM Uzbekistan» «Chevrolet Orlando» ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
Xitoyda sog'lom uyqu uchun antiqa karavot yaratildi
Suares «Barselona» tarixiga kirdi
O'zbekistonda o'lcham birliklari tartibga solinadi
Eronning eng yirik zamonaviy harbiy kemasi ikkiga bo'linib ketdi
Video: Prezident Shavkat Mirziyoyevni bir kuni
O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda
Neymarning o'rnini bilintirmayotgan futbolchi
Facebook o'z lentasida OAV yangiliklarini kamaytiradi
G'ijduvon va Urgutda Qur`on musobaqasi g'oliblari aniqlandi
Eron Turkiyaga ultimatum qo'ydi
AQShda hukumat moliyalashtirilishi to‘xtatilishi tufayli Ozodlik haykali sayyohlar uchun yopildi
2018-yilda O‘zbekistonda barcha telefon raqamlari “7 raqamli” tizimdan “9 raqamli” tizimga o‘tkaziladi
«Huawei»ning yangi texnologiyasi smartfonlarni 5 daqiqada quvvatlaydi
«iPhone X»ga talab past. «Apple» uni ishlab chiqarishdan to‘xtatishi mumkin
O‘zbek bokschisi Menni Pakyaoga qarshi jang qilishi mumkin
Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi
Turkiya Suriyada urush boshladi. Qachon tugashi noma`lum
Amerika hukumatining chirog‘i o‘chirib qo‘yildi
Chegaradosh va xorijiy davlat fuqarolari qancha miqdordagi tovarlarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Kichik Roy Jonsning eng so'nggi jangidagi raqibi ma`lum
Kanadada Facebook’ka joylashtirilgan selfi yordamida qotillik fosh etildi
Prezident qarori bilan shrot va sheluxa sotadigan barcha korxonalar tugatildi
Nahotki?! Bitkoin AQSh maxsus xizmatlari loyihasi ekani aytildi