У нас есть только
оригинальные песни

SOG'INMASAYDIM...

calendar 19.10.2012
3302

SOG'INMASAYDIM...

Yana ko'zimda yosh, dilimda alam
Alamim qo'limga tutqazar qalam
Ohlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam
Qaniydi men Sizni sog'inmasaydim.


Kunlar o'taverar, o'tadi vaqt ham
O'tadi-ketadi bir zumlik baxt ham
Kun kelib bitadi dildagi dard ham
Ungacha men Sizni sog'inmasaydim.


Sog'inib yig'layman yuragim pora
Har yerdan qidirib Sizni ovora
Baxtli bo'larmidim unutsam zora
Unutib hech qachon sog'inmasaydim.


Ko'zingiz ko'raman har bitta ko'zda
So'zingiz sezaman har bitta so'zda
O'zingiz izlayman har bitta yuzdan
Topolmayin ko'nib, sog'inmasaydim.


Kechalarim bedor,tunlar uxlamay,
O'zgani o'ylasa meni sog'inmay,
Ahvoling ne deya bir bor yo'qlamay,
Qadrim bilmaganni sog'inmasaydim...
Яндекс.Метрика