У нас есть только
оригинальные песни

Sog‘lom uyqu qoidalari

calendar 30.01.2017
2496

Bu maqolada siz to‘g‘ri uxlashni o‘rgatuvchi qoidalar bilan tanishasiz.

 

Birinchi qoida

Tungi uyqu taxminan 8 soat davom etishi lozim. Ma’lumki, uyqu fazalarga bo‘linadi va to‘yib uxlash uchun chuqur uyqu fazasi tungi soat 2.30 ga to‘g‘ri kelishi shart. Demak, ayni yarim kechada ya’ni, soat 00.00 da siz uxlagan bo‘lishingiz kerak.

Ikkinchi qoida

Bu – to‘g‘ri ovqatlanish qoidasi. Uyqu oldidan ovqatlanish tavsiya etilmasligini hamma biladi. Agar kechki ovqatni o‘z vaqtida yeyishga ulgurolmasangiz, iloji boricha uxlash oldidan shirinlik va ayniqsa sho‘r taomlardan voz keching.

Uchinchi qoida

Uxlash joyida o‘tirib noutbukda ishlash yoki televizor ko‘rish tavsiya qilinmaydi, ya’ni dam oladigan joyni ish joyiga aylantirib yubormang.

To‘rtinchi qoida

Uxlashga qulay bo‘lgan ko‘rpa-to‘shak qoidalaridan biri – yostiq juda baland va yumshoq bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, to‘shak yetarlicha qattiq, choyshab esa toza va tabiiy matodan tikilgan bo‘lishi lozim.

Beshinchi qoida

Sochlaringizni qattiq qilib o‘rmang va uxlash vaqtida ularga zarar beruvchi hech qanday qisqich va rezinalar taqmang.

Яндекс.Метрика