У нас есть только
оригинальные песни

SOHTA LAYLI MAJNUN OSHIQLAR yohud BUGUNGI KUN SEVGISI!!!

calendar 23.03.2011
3969
Sevgi nima o`zi? Sevgi bu insonlarga olloh tomonidan berilgan ilohiy tuyg`udir.Sevgini na rangi, na hidi , va na ko`zga ko`rinadi.Sevgini faqat his etish mumkun va chin sevgi insonlarga bir marta beriladi. menimcha buni hamma bilsa kerak. Men bu haqda gapirmoqchi emasman .Men bugungi kun sevgisi haqida fikr bildirmoqchiman . Bugun kunga kelib sevaman deyish Assalomu aleykum deyishdek oson so`z bo`lib qoldi . Inson o`zi nima uchun sevadi ? Shu savolim bilan bog`da qo`l ushlashib yurgan sevishkanlarga murojat qilganimda ular inson sevilish uchun sevadi deb javob berishdi .Qiziq nahotki inson faqat sevilish uchungina sevsa? Aslidachi aslida haqiqiy sevgan inson faqat sevish uchungina sevadi .Haqiqiy oshiqqa uni sevishlari shart emas u sevsagina bo`ldi va shu sevgisi unga yetib ortadi . Hozirgi kunda yana sohta Layli va Majnunlar o`zini oshiqman deb davo qilayotganlar judayam ko`payib ketgan. Ular uchun sevgi bu qo`l ushlashib bog` aylanish . Ularga qarab na havas qilishni va na uyalishni bilmaysan . Eng qizig`i ularni sevgisi uch kunlik .Bir kichkina muammo paydo bo`ldimi tamom tinchkina prashshay yoki alvido bay bay deb ketishadi . Ertasiga qarasangiz o`sha bog`da o`sha qiz boshqasi bilan yigit ham boshqasi bilan qo`l ushlashib yurganini ko`rib hayron qolasiz. Nahotki sevgi deganlari shu bo`lsa.Endi bir eslangchi Layli Majnunni , Farhod Shirinni, Romeo Juliettani qandey sevgan ular sevgilari uchun nimalar qilmagana .Sizchi siz sevganiz uchun nima qila olasiz? Qiziq zamon o`zgardimikin, sevgimi , yoki odamlarmi? Hozir yigitlarimiz orasida sevgi ustidan garov o`ynash moda ekan. Sevgi bir buyummidiki uni garovga qo`ysak. Qizlarni sevgisini qozonib yoki erishib emas, ularni o`rab olib yoki ilintirib o`zini krutoy hisoblasharkan . Qizlarimizga ham hayronmanda yoki shunchalar sodda yoki ataylab o`zini soddalikka solishadimi hulas bilmadim .Sohta va yolg`onchi oshiqni osmondegi oyni olib yulduzlardan marjon to`qib beraman degan yo`lgon so`zlariga laqmaday ishonib ilinibni o`ralibmi qolmoqda .Tashlab ketsa yi`glab yurmoqda . Endi nega yig`layabsiz ahir bunga o`zingiz aytbdorsiz birovni ayblay ham olmaysiz chunki shu yolg`on so`zga o`zingiz ishongansiz, ishonishdan oldin oqibatini o`ylash kerak edida qoqindiq.Keling endi sizga oyni olib beraman degan oshiqni vadasi qanchalik rost yoki yo`lgonligini fan jihatidan tekshirib ko`rsak .Oy - yerdan million million km uzoqlikda joylashgan gazlardan tashkil topgan 4 sayyora. Kattaligi ham og`irligi ham milllondan oshiq. Oyni olish turgul hatto joyidan siljitishni iloji yo`q. Oyni faqat uzoqdan tomosha qilish mumkun holos . Tak shto oshig`ingiz ming hohlaganda ham oyni olib berolmaydi ahir sizga osmondegi oyni olib bersa dunyo ostun ustun bo`lib ketadiku. Buni hamma biladi . Ho`sh unda nega bilib turib yol`gon oshiqni gaplariga ishonamiz ? Qizlar qulog`i bilan yigitlar oshqozoni bilan sevadi degan gap shu bo`lsa kerakda .Hamma oshiq mahbubasiga oyni olib beraman deydi .Ho`sh unda nega oy hali ham osmonda a? Osmondagi oyni bilmadimu to`ygan kegin qo`lizga qozon tovoq echki uloq olib berishi aniq lekin. Ha aytgancha yigitlar sevganizga oyni olib beraman deyishdan oldin o`ylanib gapiring chunki hozir qizlarimiz ham anoyi emas dajaki yoki atvichay desa nima qilasiza? Aslida haqiqiy sevgan odam oyni emas faqatgina muhabbatini vada qiladi .Sevgi deganlari agar adashmayotgan bo`lsam tilda emas dilda bo`ladi .Haqiqiy sevishganlarga birga qo`l ushlashib parkma park yurish yoki telefonda uzoqdan uzoq gaplashish shart emas. Faqat sevganini hayoli bilan yashashni o`zi ular uchun baht.Shunda sevgi sof va pokiza bo`ladi . Hozirgi kunda sevgini turlari ham bor emish ana bo`lmasam sevgi o`simlikmidiki u turi bo`lsa .Sevgini turlari ham allam bola internet orqali sevgi , Telefon orqali sevgi,sms orqali yana allonbalo sevgilar. Bu ham mayli hozir sevgini raqamlari ham bor ekan 1 chi sevgi 2, 5. 10….. hulas chekksiz . Aslida sevgi faqat bitta turi muhabbat bo`ladi. Kelin endi bir o`ylanib ko`raylikchi nega hozir Layli Majnun, Farhod va Shirinday sevishganlar yo`q ? CHunki hozirda sevgini yaxshi tushinmaydigan o`ldim kuydimgagina yurak bilan emas til bilan sevadigan sohta oshiqlikka davogarlar ko`payib ketgan . Eng achinarlisi hozirgi yoshlaririmiz shunkachi o`rganib qolishni yoki shunchaki yoqtirib qolishni sevgi deb o`ylab o`zlariga jabr qilmoqdalar. Shuning uchun ham hozirda sevgi vafosi o`rniga hiyonat ko`proq uchramoqda. To`gri men sevgini uncha tushinmasman.Sevgi aslida hech kim tushintirib beraolmaydigan hayojonli tuyg`udir. Sevgi haqida aslida qancha gapirsangiz shuncha oz. Bu meni bugungi kun sevgisi haqida shaysiy fikri ojizim edi holos. Gaplarim sevishganlar jig`izga tegmasina hafa bo`lmelara iltimos. Bu gaplarim bilan sevmang yoki sevishganlarni gunoxkor deb qoralash fikridan yiroqman.Aslida Olloh bu dunyoda hamma narsani jufti bilan yaratgan faqat shu bahtimizi topishni o`zimizga qo`yib bergan .Seving sevilin bahtli bo`ling. Shunday sevingki sevgingizdan dod deb titrasin dunyo .Sevgingizni vafosin ko`rib Layli Majnun aytsin tasanno .Hamda sevgingizga vafoli bo`ling shu sevgingizni pok saqlab qoling. Ana shunda ikki dunyo saodatiga bahtida haqiqiy oshiq nomiga sazovor bo`lasiz.Qadrli sevishkanlar sizchi siz sevgilingizni nima uchun sevasiz? Siz uchun sevgi nima? Siz o`zingizni qandey sevishkanlar deb bilasiz Romeo Juliettami .Tohur Zuhromi ,Layli Majnunmi , Yoki siz va u mi?


Sohta oshiq .(she`r)


Sevaman deyish osonmasku bunchalar. 
Nega hammaga sevaman diyoradi sohta oshiqlar.
Biling chunki aslida u yol`gonchilar,
Hech kimni haqiqatdan sevmaydilar.

Oyni olib beraman desa ishonmang .
Oyni olib bo`lmaydiku inkor etmang.
So`zlariga ishonib sohta Majnunni Laylisi bo`lmang .
Prashshay deb ketsa kegin yig`lab yurmang.

Biling sevgi tilda emas dilda bo`ladi
Chin oshiq oyni emas muhabbatni vada qiladi
Nahotki qizlar yuragi turib quloq bilan sevadi
Yo`lgon sevgiku bu uch kunlik bo`ladi .

VAdani berar qop qop
To`ydan so`z ochilsa Samarqanddan top.
Sevaman o`laman deyishlari ham bir yolg`on lof
Bunday sevgidan asrasin yaratgan olloh

Sevgi tilgamas dilga bo`lsin jo
Sevsang yolg`on sevmagin BArno
Sevgingni ko`rib voy dod desin dunyo
vafoying ko`rib Layli shirin aysin tasanno
Sherim yoqsa saytdoshlar desin mirandahon barakallo

miranda_89

Яндекс.Метрика