Soliqchi bo'lish narxi ham 40 ming dollar bo'lgan. Prezident soliq tizimidagi poraxo'rliklar haqida gapirdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjyetga qo'shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish orqali narxlar barqarorligini ta`minlash, inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas`uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag'ishlangan favqulodda videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Prezident yig'ilish chog'ida soliq tizimining avvalgi rahbariyatining poraxo'rligi haqida gapirgan.

«Toshkent shahridagi bozorning kattalari ham bulbuldek sayrayapti. Kimga qancha bergani, nimalar qilganini. Pulni joyiga qo'yadi. Bular zamona zayli bilan xalqning boshiga chiqib olgandi, qarindosh-urug'i bilan chiqib olgandi. Endi bunday bo'lmaydi. Vallomat bo'sayam ketadi.

Shuning uchun 16 foiz ko'p soliq tushumi bo'ldi, degan gap meni qoniqtirmaydi. Soliqlarning asosiy qismi o'zi tushadi. Soliqlarning 60 foizini 171ta korxona ta`minlab bergan.

Toshkent bozorlaridan tushumlar byudjyetga emas, amaldorlarning cho'ntagiga tushgan. «Chilonzor» buyum savdo kompleksida 791 nafar shaxs soliq to'lamasdan savdo qilib kelayotgani aniqlandi. Toshkent shahridagi avtomobillarni saqlash joylaridagi tushumlar nazorati yo'qligi tufayli mahalliy byudjyetga 18 milliard so'mdan ortiq soliq tushirilmagan. Shuncha pul cho'ntakka ketyapti.

Shuning uchun Toshkent hokimiga yangi o'rinbosar qo'ydim, bugun soliq qo'mitasi raisiga yangi o'rinbosar qo'ydim (Nazarali Norboyev o'rniga Alimjan Fayzibayev tayinlangan).

Tovar aylanmasi 1 milliard so'mdan ziyod bo'lgan 77ta korxona bitta ishchi ishlaydi deb hisobot berib kelgan. Buni soliqchi bilmaydimi? Bilgan, olib kelaver, qolgani bilan ishing bo'lmasin, degan.

2017 yilda qariyb 7 milliard so'mlik ish bajargan va bir ishchi ishlaydi deb hisobot bergan korxonada 16 kishi soliq to'lamasdan ishlashi ma`lum bo'ldi. 

Shuning uchun men Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig'i Pardayev degan kimsani ishdan oldik (Muzaffar Pardayev, uning o'rniga Normat Tursunov tayinlandi), uni ham so'roq qilamiz. Davlat soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari Norboyevni (Nazarali Norboyev) ham egallab turgan lavozimidan ozod etdik», deya prezident so'zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

«Qaysi hudud imkoniyatlardan foydalanmasa, xiyonatga sherik bo'ladi. Turmada o'tirganlar aytib beryapti - bitta soliqchi ishga joylashish uchun 30-40 ming dollar berarkan, janob Yo'ldoshev (Soliq qo'mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning sobiq birinchi o'rinbosari Abdusalom Yo'ldoshev - u hozir hibsda) kattakoniga oborib berarkan», deya davom etgan prezident.


Комментарии (0) | Добавить: 05.06.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Samsung Galaxy Note 9 flagmanining yangi suratlari paydo bo‘ldi
Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z lavozimida turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi
JCh—2018. Messi va uning Argentinasi Xorvatiya tomonidan tor-mor etildi
Yosh ijodkorlar "Koinot" guruxidan tez kunda yangi tarona Premyerasi! Bizda!
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o'z lavozimini tark etdi
Prezident videoselektorida investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari tahlil qilindi.
«Instagram» foydalanuvchilari soni milliardga yetdi
Samsung Galaxy S10 ning ilk “jonli” surati tarqaldi. Unda umuman rom yo‘q
O‘zbekistonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan so‘ng “Obod maktab” loyihasi ishlab chiqiladi
Avvallari faqat orzu qilinishi mumkin bo'lgan g'aroyib texnik yangiliklar
O'qituvchini majburlab ishlatishga «xumori qo'ziydigan» rahbarlarga chora ko'riladi, maktablar hokimlikka bo'ysunmaydi - Prezident topshirig
“O'rikzor” bozori yonidagi elektr temir ustuni nima sababdan qulagani aytildi
Kim yirik soliq to'lovchi hisoblanadi?
GM Uzbekistan avtomobillari videoregistrator va ERA-GLONASS tizimi bilan jihozlanadi
Samarqandda xotini tomonidan kaltaklangan er ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi
Pokistonda erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortgan qizni otib o‘ldirdi
O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida aviaqatnovlar keskin ko'payadi
Yevropa AQSh bojlariga javob qaytardi
Neymar «Real»ga o'tishga ikkilanmoqda
JCh—2018. Rossiya—Misr 3:1
Xonanda Tohir Usmonov ota bo‘ldi
Pul bilan muomala qilishning biz rioya qilmaydigan 10ta qoidasi
1-iyulga qadar Toshkent va boshqa yirik shaharlarning barcha kompaniyalari onlayn-kassalarga o‘tishi lozim
JCh—2018. Belgiya Panamani tor-mor etdi, Lukakudan dubl, Mertensdan esa supergo
Haydovchilik guvohnomasi: olish, almashtirish yoki dublikatini rasmiylashtirish
Olimlar: Insoniyat intellekti avloddan avlodga pasaymoqda
O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati: islohot sabablari
Saloh Rossiyaga qarshi maydonga tushishga tayyor
Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregor jangi sanasi ma`lum qilindi