loading...

 

Somon Air samolyoti Toshkentda: O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida 25 yil oldin to'xtagan aviaqatnov qayta tiklandi

Bugun, 10 fevral kuni Tojikiston poytaxti Dushanbedan uchgan samolyot Toshkentga kelib qo'ndi. Bu 25 yil ichida Tojikistondan O'zbekistonga kelgan birinchi samolyotdir. Bu haqda Somon Air aviakompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Aviakompaniyaning bugungi reysi sinov reysidir. Aviakompaniya 20 fevraldan boshlab muntazam qatnovlarni yo'lga qo'yishni rejalashtirgan. 

Bugun Toshkentga kelgan samolyotda Tojikiston aviatsiya tizimi delegatsiyasi, jurnalistlar hamda 14 oddiy yo'lovchilar bor edi. Dushanbedan Toshkentga reys uchun chiptalar narxi 140 dollar.

«Somon Air rahbariyati Toshkent aeroporti ma`muriyati hamda «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasidagi hamkasblari bilan reyslarning ochilishi masalasida muzokaralar o'tkazadi», - deyilgan xabarda.

Qishki mavsum yakuniga qadar reyslar haftasiga bir marta — dushanba kunlarida amalga oshiriladi.

Yozgi parvozlar jadvalida haftalik reyslar soni bittaga ko'payib, dushanbadan tashqari, payshanba kuni ham qatnov amalga oshiriladi. Dushanbedan Toshkentgacha parvoz vaqti 45 daqiqani tashkil etadi.

Somon Air laynerlari Tojikistondan Germaniya, BAA, Turkiya, Xitoy, Rossiya va Qozog'istonga parvozlarni amalga oshiradi. Kompaniya ixtiyorida Boeing 737-300, Boeing -800 va Boeing -900 samolyotlari mavjud.

Ma`lumot uchun, Tojikiston va O'zbekiston o'rtasidagi aviaqatnovlar 1992 yilda, qo'shni davlatda yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli to'xtatilgan edi.

Davlatlar o'rtasida viza rejimi saqlanib qolmoqda.

 

Комментарии (0) | Добавить: 10.02.2017

Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Afsonaning qaytishi - Nokia 3310
Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz
Shakardan voz kechish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Xiaomi selfisevarlar uchun yangi uskunasini taqdim etdi
Barcha davrlarning 8 ta eng ommabop mobil telefonlari
Gollivud yulduzlari “Oskar” mukofotini topshirish marosimini repetitsiya qildi
O'zbekiston va Xitoy o'rtasida temir yo'l orqali yuk tashish yo'lga qo'yildi
"EZOZ" guruhidan yangi tarona "Yomg'ir yog'ar"
Erta turish uchun 10 sabab va buni amalga oshirishning yo'llari
Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi
Olimlar to'yib uxlamaslik semirishga olib kelishini aniqlashdi
Barak Obama Fransiya prezidentligiga nomzod qilib ko`rsatilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi
Microsoft asoschisi Bill Geytsning biz bilmagan qirralari
Yer aholisi 26 fevralda antiqa astronomik hodisa guvohi bo'ladilar
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi
Markaziy bank: Plastik karta egalari uchun qarz olish xizmati joriy etiladi
Erkak kishi uchun hech qachon qilmaslik lozim bo`lgan 6 narsa
2020 yilgacha Yevropa Ittifoqiga birorta davlat qo'shilmaydi
“Farg‘onaazot”da portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Qahva va energetiklar o‘rnini bosadigan tetiklashtiruvchi ichimliklar
Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Yangilangan “g'isht” Nokia’ning o'ziga xos jihatlari oshkor bo'ldi
Yerga o'xshash yana yetti sayyora aniqlandi