Sovuq dush qabul qilish uchun 5 sabab

Dush qabul qilayotgan paytda issiq suvni o'chib qolishi yoqimli holat emas, albatta. Ammo muntazam ravishda sovuq dush qabul qilishning salomatlik uchun bir nechta foydali tomonlari bor.

Agar dush qabul qilayotganingizda suv sovuq bo'lsa o'zingizni qanday his qilasiz?

Issiq badaningizga muzday suv oqimi urilganda nafasingiz tiqilib qoladi, ehtimol qichqirib yuborarsiz. Lekin suvni o'chirishingiz bilan bu his sizni birdaniga tark etadi va bu holat yoqimli bo'lganini tushunasiz. Tanangizga adrenalin oqib kiradi. Etingiz junjikadi va sovuq dush qabul qilishni uddalaganingizni anglab etasiz.

Bizning o'ta qulay hozirgi yashash tarzimiz sovuq suvning foydali jihatlarini anglamasligimizga sabab bo'lmoqda va shu bois biz har safar iliq suvda cho'milishni xush ko'ramiz. Biroq sovuq dush qabul qilishning o'ziga yarasha yaxshi tomonlari bor.

Qon aylanishini yaxshilaydi

Sovuq dush tanada qon aylanishini tezlashtiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi uchun foydali va qon bosimi oshishida, arteriyalar qotib qolishida hamda venalarning varikoz kengayishi kabi kasalliklarning oldini olishda yordam berishi mumkin. Miyada qon aylanishining tezlashishi uning benuqson ishlashiga xizmat qiladi.

Sovuq suv – eng yaxshi antidepressant

Adrenalin oshishi va periferik asab tolalari orqali sodir bo'ladigan ko'p sonli elektr impulslari tushkunlikka qarshi kuchli ta'sir ko'rsatadi.

2008 yilda o'tkazilgan tadqiqotlarda “tana haroratining qisqa muddatli o'zgarishga duch kelmasligi tushkunlikni keltirib chiqaradi” degan g'oya ilgari surilgan.

Bu g'oyada jon bor. Sovuq ta'sirida simpatik asab tizimi faollashadi va tushkunlikni yo'qotuvchi noradrenalin deb nomlanadigan kimyoviy modda ajralib chiqishi kuchayadi. Tajribalar sovuq suv bilan davolash tushkunlik simptomlarini bartaraf etishini ko'rsatdi.

Sovuq suv teri va sochlarga yaxshi ta'sir ko'rsatadi

Soch sinishining oldini olish va jilolanishi uchun boshni sovuq suvda yuvish kerakligini eshitganmisiz? Issiq suv teri va sochlarni quritib yuboradi, sovuq suv esa elastiklik bag'ishlaydi va teri tirishishining oldini oladi.

Darvoqe, yuzingizni limon sharbati qo'shilgan sovuq suvda yuvishni tavsiya qilamiz.

Sovuq suv sportdagi natijalarni yaxshilaydi

Amerikadagi fiziologiyaga bag'ishlangan jurnallardan birida yozilishicha, mashg'ulotlardan so'ng sovuq suvga sho'ng'iydigan sportchilar keyingi mashg'ulotlarda yanada yaxshiroq natijalarga erishishlari mumkin ekan.

Sport va tibbiyotga oid boshqa bir jurnalda esa sovuq suvga sho'ng'ish tananing jismoniy holatini tezroq tiklashi haqida ma'lumot berilgan.

Sovuq suv ruhiy quvvatni oshiradi

Issiq suvni o'chirib sovuq suvda cho'milish yoki muzday daryoga sho'ng'ish jasorat va ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi. Badaningizni kutilmagan holatga qanchalik ko'p tushirsangiz, u keyingi holatlarga shunchalik oson ko'nikib boradi. Boshqacha aytganda, irodangiz mustahkamlanadi, har kuni sovuq suvda cho'milishga o'rganib qolasiz.


Комментарии (1) | Добавить: 28.11.2015
1. Baxa_19911 (29.11.2015 09:36)
Juda zör malumot qoyil.
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi