У нас есть только
оригинальные песни

Spiegel: NATO Tramp Yevropadan AQSh qo'shinlarini olib chiqib ketishidan xavotirlanmoqda

calendar 13.11.2016
1019

NATO Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimida AQShning Yevropadagi qo'shinlarini qisqartirishidan xavotirlanmoqda, deb yozmoqda Spiegel.Nashr ma`lumotlariga ko'ra, bu holat NATOning bosh kotibi Yyens Stoltenberg shtabida ifodalangan ssenariylardan biri hisoblanadi. NATO Trampning prezident etib saylanishidan "juda qattiq" xavotirlanmoqda. "Trampning AQSh prezidenti etib saylanishidan NATOdagidek katta xavotir yo'q. Endi alyans, Spiegel’ga ma`lum bo'lishicha, bahorga rejalashtirilgan sammitini boshqa vaqtga ko'chirmoqda", deyilgan maqolada.Stoltenberg AQSh prezidenti Xillari Klinton bo'lishiga taraddud ko'rib, uni bahorgi sammitda saylangani bilan tabriklamoqchi edi, biroq Tramp g'alabasidan keyin sammitni yozga ko'chirishga qaror qilgan.Stoltenberg AQSh qo'shinlarining olib chiqib ketilishidan tashqari, boshqa mumkin bo'ladigan ssenariylarni ham ko'rib chiqmoqda. Jumladan, bu ssenariylardan birida Tramp AQSh qo'shinlarining Sharqiy Yevropadagi rotatsiyasiga rozilikni bekor qilishi mumkinligi qaralgan.Bu ssenariylar orasida eng "maqbuli" Tramp Yevropa davlatlari tomonidan o'z mudofaasiga xarajatlarni oshirishni talab qilishiga asoslangan.

Яндекс.Метрика