У нас есть только
оригинальные песни

Sport vaziri ishdan ketdi

calendar 26.07.2018
725

Shoakram Isroilov O'zbekiston  Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligini tark etdi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda uning o'rnida birinchi o'rinbosar Oybek Qosimov vaqtinchalikka vazirlikni boshqarmoqda.

Eslatib o'tamiz, shu yil fevralida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov lavozimni tark etib, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O'FFning sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov uning o'rnini egallagan, mart oyi boshida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan qo'mita negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etilgan, Isroilov vazirlikning birinchi rahbari bo'lgandi.

Яндекс.Метрика