У нас есть только
оригинальные песни

Sport zalga ilk bora kelgan odamning ahmoq bo'lib ko'rinmasligi uchun 12 qoida

calendar 21.12.2014
4933

Sport zaliga yangi kelgan odam darrov ma'lum bo'ladi. U gangib, cho'chib turadi, noodatiy sharoitdagi etika me'yorlarini bilmaydi. Shu o'rinda kulgiga qolmaslik va o'zini noqulaylik sezmaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
1. Shippak kiymang: Siz axlat tashlash uchun ko'chaga chiqqaningiz yo'q. O'zingizni hurmat qiling. Shippagingiz bilan maqtanmoqchi bo'lsangiz, yaxshisi uni boshqa erda kiying. Tushunganingizdek, sportzalida shippak kiyish xavfli. Shuning uchun krassovka kiying. So'ngra uni quyidagicha shtangetkaga almashtirishingiz mumkin:

2. Og'irlikni bosqichma-bosqich oshirish kerak: Bu oddiy va shu bilan birga jiddiy qoida. Siz "terminator” emassiz. Qolaversa, lat eyishni istamaysizku, to'g'rimi? Maksimal og'irlikni birdaniga emas, bosqichma-bosqich oshirib borish lozim.
3. Baza yarating: Hattoki shippakda turib shtangani chigilyozdisiz ko'tarayotgan kishi ham trenejyorlarda kelishiksiz harakatlar qilayotgan odamdan yaxshiroq ko'rinadi. Shuning uchun avval baza yarating, ya'ni o'tirish, shtangani siltamasdan ko'tarish kabilarni o'rganib oling.

4. Ayollar trenajyorlarida shug'ullanmang: Son va bo'ksalardagi yog'larni ketkazishga mo'ljallangan trenejyorlarni ayollarga, boshqacha aytganda, qomati ustida shug'ullanuvchi professionallarga qoldiring.

5. "Animal” yoki "GASP” deb yozilgan futbolkalarni kiymang: Bu kabi futbolkalar o'smirlarga xos.

6. Yangi mashqlar o'ylab topmang: Biror mashqni bajarayotganda unga qo'shimchalar kiritishga harakat qilmang. Bu trenerning sizni barmoq bilan ko'rsatishi yoki telefoniga suratga tushirishiga sabab bo'lishi mumkin.

7. Bajarish texnikasini kuzating: Trenajyorlarning 3-punkti va boshqa narsalar haqida bilmasligingiz mumkin. Bu haqida yozilgan kitoblarni o'qisa, "Youtube” yordamiga suyansa bo'ladi. Lekin eng yaxshisi, hech bo'lmasa, birinchi martaga trenerni kuzating, mashqlar bajarish texnikasini o'zlashtiring.

8. Sport anjomlaridan foydalanib bo'lganingizdan keyin ularni tartibga keltiring: Ya'ni ularni tartibsiz holda, to'g'irlamasdan tashlab ketmang. Sport zallarida mana shunday qoida mavjud.

9. Shtangadan hatlamang: Asosan, begonalari va katta og'irlikka ega shtangalardan oshib o'tmang. Bu juda xunuk ko'rinadi. Jiddiy musobaqalarda shtangadan hatlab o'tish hatto ishtirokni rad etishga ham olib kelishi mumkin.

10. So'rashdan qo'rqmang: Zaldagi trener sizga yordam berib, nima qilishingiz kerakligini aytib turadi. Sizda "Bu mashq qanday bajariladi?”, "Men to'g'ri bajarayapmanmi?”, "Bu trenajyor nimaga mo'ljallangan?”, "Bir yildan beri shug'ullansam ham nimaga mushaklarim chiqmayapti?” degan savollaringiz bo'lib turib, so'ramaslik uyatdir.

11. Hadeganda telefonda gaplashavermang: Sportzalida yaxshi qabul qilinmaydigan yana bir holat bu telefonda ko'p muloqot qilishdir.
12. Kunni oyoqda o'tkazmang: Kun bo'yi yurib, trenajyorlarni tomosha qilishgagina vaqtingizni ketkazib qo'ymang. Oyoqlaringizga ham ishlov berishga aloxida e'tibor bering.
Яндекс.Метрика