Stadionlarda muhlislarning kamayib ketishiga nima sabab bo'lmoqda?

O'zbek futbolida, ayniqsa, oliy ligada Yechilmay yotgan bir muammo bor - stadionlarga muhlislar tashrifi. Tushunarli qilib aytganda, tashrif buyurmasligi. Ho'sh, stadionlarga muhlislarning kelmayotganiga nimalar sabab bo'lmoqda?

Bilasizmi, Toshkent jamoalari ishtirokidagi o'yinlarga qiziqish shu darajada past shekilli, stadionda 1000 nafar muhlisni ham ko'rish qiyin. Chunonchi, O'zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan o'rin olgan "Pahtakor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi uchrashuv ham kattakon o'yingohni bo'sh holatda turganligini ko'rish mumkin. Zero, uchrashuvning ahamiyati, uning qiymati yuqori bo'lishiga qaramay, muhlislarni qiziqtirmaganligi tushunarsiz bo'ldi. Avvalgi yillarda "Pahtakor" stadionida bu ikki jamoa uchrashuviga 3000dan ortiq ishqibozlarning tashrifini kuzatish mumkin bo'lardi. Bu ko'rsatkich oliy liga uchun ko'ngildagidek bo'lmasada, yo'qdan ko'ra, bor deb qo'yilardi. Kechagi o'yin esa hammasidan oshib tushdi. Bevosita o'yinni kuzatar ekanmiz, stadionda 1000dan biroz oshiroq muhlislarning borligini kuzatdik. Bir tomonda 100ga yaqin "Pahtakor" fan-klubi, yana bir boshqa sektorda 100dan kamroq bo'lgan "Bunyodkor" fan-klubi joy oldi. O'rta sektorda esa asosan kamchilik bo'lgan ahl ishqibozlar. Lekin, uchrashuv suhandoni bahsni 2000dan ortiq ishqiboz kuzatayotganligini barrala aytib o'tdi. Har tugul, u militsiya hodimlarini ham hisobga olgan bo'lsa ajabmas. Vaholanki, tartib-intizomga ma`sul bo'lgan hodimlar anchani tashkil qilardi. Ho'sh, turning markaziy o'yini, Toshkent derbisi bahsini nega kamchilik muhlis kuzatmoqda? Bunga Yetarlicha sabablar keltirish mumkin. 


Lekin oddiy futbol muhlisi markaziy o'yinning reklamasi, targ'iboti bo'lmaganidan keyin, uni qachon va qaysi stadionda bo'lishini bilmasligi tabiiy. Qolaversa, "Bunyodkor"ning TTYMI stadionida o'yin o'tkazganligi hattoki biz jurnalistlar ham bahsga bir necha kun qolganidan habar topib turibmiz. Ahir, oliy liga havaskorlar ligasi emasku. Bilasiz, ikkinchi liga o'yinlarida shunday holat kuzatiladi. Mezbon jamoa stadioni o'yinga tayyor bo'lmasa, raqibnikiga yo'l olishadi. Yoki stadionda qandaydir muammo yuzaga kelgan bo'lsa, o'yin boshqa o'yingohga ko'chiriladi. Lekin, Oliy Ligada bunday holat bo'lmasligi kerak. Ahir, bejizga Professional liga emasku? Hullas, shunday jihatlar ham muhlislarning muhim o'yinlardan habarsiz qolib ketayotganiga sabab bo'lmoqda. Birinchidan, so'nggi yillarda oliy liga o'yinlari nufuzini ancha yo'qotib qo'ydi. Bu hech kimga sir emas. Kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq gap-so'zlar ortishi ham muhlislarning ko'ngliga g'ulg'ula solgandir. Yoki bo'lmasam, oliy liga o'yinlarining Yetarlicha targ'ibot qilinmasligi ham sabab bo'lishi mumkin. Uchrashuvlar reklama deyarli yo'q. Bu esa oliy ligani bezab turmayotganligi rost. "Pahtakor", "Bunyodkor", qo'yingki "Lokomotiv"ning asli ishqibozlari bo'lgan muhlislar jamoasini qachon va qaysi stadionda to'p surishini oldindan biladi. Shundan kelib chiqib, stadionga kelishdi.

Naqadar achchiq bo'lmasin, oliy liga o'yinlari futbolchilarning ham jon kuydirib o'ynamasligi muhlislarning tashrifiga sabab bo'lyapti. Toshkentda bo'ladigan o'yinlarga kam muhlis kelishi odatiy holga aylangan. Viloyatlardagi ahvol ham ko'ngildagidek emas. Navoiy, Buhoro, vodiy jamoalari ishtirokidagi o'yinlarga ko'p muhlislar tashrif buyurishini barchamiz yahshi bilamiz. Lekin ohirgi paytlarda ularda ham holat ancha pastlagan. Stadionga tushgan har qanday muhlis bilan muloqat qilib ko'ring, ular maydonda to'p surayotgan futbolchilarning harakatlaridan qoniqish hosil qilmaganligini aytishadi. Sust futboldan ko'ra, uyda dam olgan yahshi qabilidagi ish tutish shart bo'lib qolmoqda. 


Hullas, PFL muhlislarni stadionga qaytarish uchun yangi rejim asosida ish boshlashi lozim. Avvalo, tur bahslarini dam olish kunlariga  o'tkazish, reklama va targ'ibot ishlarini faol olib borish. O'yin vaqtini muhlislarga ma`qul keladigan vaqtga qo'yish ustida boshqotirishi kerak. Eng muhimi, maydonda to'p surayotgan ikkala jamoa muhlislarni o'ylagan holda chiroyli futbol namoyish qilishni shart. Shunda hozirgidek muammolar borasida so'z yuritishni bas qilamiz!Yana bir jihat bu - taqvim bilan bog'liqdir. Yozning qoq markazida bo'lgan vaqtda oliy liga o'yinlari davom etdi. Bu vaqtda Yevropa va Janubiy Amerikada ham yirik sport turnirlari start  oldi. Yevropa chempionati va Amerika Kubogi bilan bir vaqtda oliy liga o'yinlari ham o'tkazildi. Do'ppini boshdan olib obdon o'ylab ko'ring: kim oliy liga o'yinlarini stadiondan kuzatib turib, keyin uyga borib Germaniya - Frantsiya o'rtasidagi uchrashuvni televizor orqali kuzatishni istaydi? Albatta, hech kim. Holbuki, oddiy ishqiboz ham oliy liganing tur o'yinlarini stadiondan turib kuzatishdan ko'ra, uyda hordiq chiqargan holda Yevropa yoki Amerika Kubogini kuzatishni istardi. 


Комментарии (0) | Добавить: 18.09.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Qozog'iston lotin alifbosiga o'tdi
Saudiya Arabistonida bouling va bilyard-klublar ochishga ruxsat berildi
Qo'shni respublikalar bilan tinchlik-totuvlikda yashash kerak – Sooronbay Jeenbekov
Xitoyda grippga qarshi yangi vaksina yaratildi
Kartoshka bojxona to'lovlaridan ozod etildi
La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda