У нас есть только
оригинальные песни

Stiv Jobsning so‘nggi so‘zlari: Hayotda boylik va shon-shuhratdan muhimroq narsalar bor

calendar 21.11.2015
1503

Stiv Jobs boshqaruvi ostida Apple misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, u hayotda oddiy, hatto biroz tarki dunyochilikka moyil insonligicha qolgandi, deyahikoya qiladi “Interesno”. Yaqinda uning kasalxona palatasida yozgan so‘nggi maktubi e’lon qilindi. Kishini larzaga soluvchi ushbu maktubda, jumladan, shunday deyiladi:

“Biznes olamida muvaffaqiyat cho‘qqisiga erishdim. Ko‘pchilik hayotimni faqat yutuqlardan iborat deb o‘ylaydi. Biroq tan olaman, ishdan bo‘lak meni quvontira oladigan narsalar unchalik ham ko‘p emas. Umuman, boylik — men ko‘nikkan hayot tarzining bir qismi, xolos.

Ayni paytda kasalxona to‘shagida yotib, o‘tgan umrimni eslayapman. Men faxrlangan boylik va shon-shuhrat yaqinlashib kelayotgan o‘lim oldida o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Hayotda bundan muhimroq narsalar bor.

Umrim davomida orttirilgan boylikni o‘zim bilan olib keta olmayman. Men bilan ketadigani — muhabbat bilan bog‘liq xotiralar. Mana shu ortingizda qolishi kerak bo‘lgan, hamrohlik qiladigan, oldinga qadam bosishga undaydigan haqiqiy boylik.

Pulingiz bo‘lsa, sizni tashiydigan, uy yoki ishxonada yumushingizni bajaradigan istagancha odam yollashingiz mumkin. Biroq hech kim kasalliklaringizni o‘ziga olmaydi…

Necha yoshda ekanligingiz va nimalarga erishganingizning ahamiyati yo‘q. Hamma uchun ham parda tushiriladigan kun keladi… Oilangiz, sevimli insoningiz, yaqinlaringiz, do‘stlaringizga bo‘lgan muhabbat haqiqiy boylikdir. O‘zingizni asrang, o‘zgalar haqida g‘amxo‘rlik qiling”.

Eslatib o‘tamiz, Stiv Jobs 2011-yilda, 56 yoshida vafot etdi.

Яндекс.Метрика