Stomatitni qanday davolash mumkin?

Og'izda "yong'in" tursa, uni muzqaymoq bilan o'chiring. Bu stomatitga qarshi eng yaxshi vosita.

Stomatit nima o'zi?

Stomatit — bu og'iz bo'shlig'i: til, yonoqlarning ichki tomoni, tomoq yallig'lanishining umumiy nomi. Yoqimsiz hissiyotlar sizning ovqatlanishingiz, suv ichishingiz, suhbatlashishingiz va og'riq kuchli bo'lsa, hatto uxlashingizga ham xalaqit berishi mumkin.

Stomatit bir necha ko'rinishda bo'ladi:

  1. Aftlar — shilliq qavatdagi kichik yarachalar, ba`zan tilda ham paydo bo'ladi. Ular og'riqli doira shaklidagi och rangli dog'lar ko'rinishida bo'ladi, bunday yarachalar 5-10 kun ichida o'z-o'zidan tuzaladi. Ba`zan bunday dog'lardan bir nechta bo'lishi mumkin.
  2. Lablarning yallig'lanishi. Uchuq chiqishi ham stomatiga kiradi.
  3. Yoriqlar. Ba`zan yallig'lanish jarayoni shunday kechadiki, yarachalar hosil bo'lmaydi, lekin shilliq qavat ancha zarar ko'radi.

Stomatit nima uchun paydo bo'ladi?

Sababi ko'p: bu turli infeksiyalar, jarohatlar yoki yuqumsiz kasalliklar bo'lishi mumkin.

Quyida stomatitning ba`zi sabablari keltiriladi:

  1. Infektsiyalar. Viruslar, bakteriyalar, zamburug'lar - bularning barchasi shilliq qavatlarda yashaydi va turli organlar kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin, ularda biryo'la og'iz bo'shlig'i ham aziyat chekadi. Doimo og'ziga narsa soluvchi bolalarda ham ko'pincha stomatit kuzatiladi. 2017 yilning yozida barchani qo'rqitgan Koksaki virusi ham stomatitni keltirib chiqaradi.
  2. Jarohatlar. Masalan, agar tilingiz yoki yonoqlaringiz ichki tomonini tishlab olsangiz, qandaydir ichimlik bilan og'zingizni kuydirib olsangiz.
  3. Allergiya va ovqatlarga sezuvchanlik. Bu individual reaksiya. Kimdir nordon mevalarni yeya olmaydi, kimdir esa ko'p pista chaqib, kasalga yo'liqishi mumkin.
  4. Milklar kasalliklari. Milklarning sezuvchanligini haddan ziyod oshiruvchi har qanday yallig'lanishlar.
  5. Autoimmun kasalliklar. Shilliq qavat immun tizimini o'z hujayralarini vayron qilishga majbur qiluvchi kasalliklar: sil, Kron kasalligida jabrlanadi.
  6. Dori vositalari. Ba`zi dori vositalari ham stomatitni keltirib chiqaradi. Bu antibiotiklar, kimyoviy davolash vositalari, gormonal preparatlar bo'lishi mumkin.
  7. To'yib ovqatlanmaslik va stresslar. Rivojlangan mamlakatlarda bunday holatni tasavvur qilish qiyin, biroq agar siz tezpishar lapshalar bilan oziqlansangiz yoki qat`iy parhezga rioya qilsangiz, kam uxlasangiz va ko'p asabiylashsangiz, stomatit paydo bo'lishi mumkin.

    Stomatit qanday davolanadi?

    Stomatitning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lgani bois, ularni davolash ham shundan kelib chiqadi.

    Stomatitni davolashda asosiysi - og'riqsizlantirish. Buning uchun ibuprofen yoki paratsetamol kerak bo'ladi - bu eng hamyonbop va keng tarqalgan preparatlar.

    Stomatitda muzqaymoq yaxshigina og'riqsizlantiruvchi ta`sirga ega. Bu g'alati eshitilishi mumkin, chunki bizni doim og'riqli joyni isitishga o'rgatishgan: sovuq, yumshoq konsistentsiya va yoqimli ta`m og'iz bo'shlig'i kasalliklarini yengilroq o'tkazishga yordam beradi.

    Mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar mavjud - lidokainli gellar. Biroq ularni ehtiyot bo'lib ishlatish kerak: bunday vositalarni faqat katta yoshlilarga qo'llash mumkin, bolalar va chaqaloqlar uchun esa, ular xavfli. Ularning ta`siri vaqtinchalik, biroq agar bola katta miqdordagi gelni yutib yuborsa, bu yurak ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin.

    Parhez haqida unutmang: shusiz ham og'riqli og'iz bo'shlig'ini qaynoq, achchiq yoki nordon yeguliklar bilan "qiynamang".

    Qachon shifokorga borish kerak?

    Og'iz bo'shlig'ida yaracha ko'rinishida paydo bo'lib, noqulaylik tug'diradigan oddiy stomatit ko'pi bilan ikki haftada ketadi. Bunday holatlarda qo'shimcha yordamga hojat yo'q, agar stomatit ketavermasa, qandaydir belgilar (yuqori harorat, toshmalar, holsizlik) namoyon bo'lsa, shifokor bilan birga uning sababini aniqlash kerak. Uni davolash uchun terapevt va stomatologga murojaat qiling.


Комментарии (0) | Добавить: 28.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Yulduz Usmonova 2018 yildagi kontserti kunlarini e'lon qildi
Xonanda Bunyodbek Saidov “o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘ygani uchun” litsenziyasiz qoldi
Saudiya Arabistonida ayollarning mototsikl haydashiga ruxsat beriladi
Makgregor rejasini oshkor qildi: u MMAga qaytadi
Ronaldu afsonaviy Pelega tenglashib oldi
Pochta aloqasi xizmatlarini ko'rsatish qoidalariga ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda
Neymarning sermahsul o'yini «PSJ»ga yirik g'alabani keltirdi
Ronalduni o'z farzandi butun internetda sharmanda qildi …
Mourino darvozabon boshiga butilka bilan urdi
Yevropa Ligasi. Qur`a qanday kuchli juftliklarni hosil qildi?
Jeenbekov O'zbekistonga aloqador bitimni ma`qulladi
Neymar yana qiliq ko'rsatmoqda
2020-yilga kelib yo‘qoladigan 30 ta odatiy buyum
Zilzila vaqtida namoz o‘qiladimi?
O‘zbekiston uchun 1948-yilda AQShda imzolangan konvensiya kuchga kirdi
AQSh Davlat kotibi: Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya bilan muzokaralarga tayyor
Oq uy: Rossiya va Xitoy AQSh milliy xavfsizligiga tahdid tug‘diradi
Banklar tomonidan haq olinmaydigan xizmatlar qanday? (ro'yxat)
«Bizga ham kerak emas» - Ukraina Rossiya bilan temir yo'l qatnovini to'xtatmoqchi
Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo'yadi
Endi bachadon kerakmas...mi?!
Kumush saratonni davolashi aniqlandi
Xiaomi'ning hoshiyasiz Mi Mix 3 smartfoni suratlari tarqaldi
Og‘riq qoldiruvchi dorilar xavfli kasalliklarni keltirib chiqarishi aniqlandi
Qozog'iston ko'mir konidagi ishchilar yer yuzasiga chiqishdan bosh tortishmoqda
Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi
Dubayda salkam 300 mln dollarlik safari-hayvonot bog'i ochiladi
Qozog'istonda Rossiya telekanallari o'chirib qo'yildi
Iblis izmidagi oqsoch
«WI-FI» BOLALAR SALOMATLIGIGA O'NGLAB BO'LMAYDIGAN ZARAR YETKAZADI