У нас есть только
оригинальные песни

Stressni yengish usullari

calendar 28.01.2017
2572

Kundalik hayotda stress bizni doim ta’qib qiladi. Kechikish, vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotish — bularning barchasi keskinlikning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Stress bilan qay tarzda kurashish kerak?

  1. Oq-qora fikrlashdan voz keching

Narsalarni faqat oq va qoraga ajratmang. Bizda bu kabi fikrlash bolaligimizdan shakllanadi. Bunday fikrlashdan kattalarga xos “rangli” fikrlash foydasiga voz keching. U sizga vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlab topishga yordam beradi.

  1. Stressni ijobiy tajriba sifatida qabul qiling

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, stress sog‘liq uchun zararli ekanligi haqidagi qat’iy ishonch vaziyatni boshqara olish qobiliyatimizda aks etadi.

  1. Hamma narsani nazorat qila olmasligingizga ko‘niking

Hech qanaqasiga ta’sir ko‘rsata olmaydigan voqealarni oldindan aytish yoki rejalashtirishga urinib, juda ko‘p kuch sarflashingiz mumkin. Oxir-oqibatda bu sizni faqat holdan toydirib, o‘zingizga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltiradi. Faqat o‘z-o‘zimizni nazorat qila olishimizni tan olish — stressdan qutulish uchun eng to‘g‘ri yo‘l.

  1. O‘tmishni unuting

“Nega bu aynan men bilan yuz berdi?” — har birimiz o‘zimizga shu savolni berib turamiz. Bu kabi salbiy fikrlarga to‘xtalmang. O‘tmishda o‘ralashib qolishingizga yo‘l qo‘ymang. Yaxshisi kelajakdan nimalarni kutayotganligingiz haqida xayol suring. Istagan natijalaringizga erishishingizni tasavvur qiling.

  1. Muloqot qiling

Stressni boshdan kechirar ekanmiz, o‘zimizni chetga tortib, muammolarimiz bilan yolg‘iz qolishni istaymiz. Biroq bu to‘g‘ri yo‘l emas. Odamlar bilan muloqot qilishdan qochmang, yordamingizni boshqalarga taklif qiling va boshqalardan ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmang.

Яндекс.Метрика