У нас есть только
оригинальные песни

Styuardessalar yo‘lovchilarning eng asabga tegadigan qiliqlari haqida hikoya qilib berdi

calendar 21.07.2017
1656


Qator yirik aviakompaniyalar styuardessalari yo‘lovchilarning eng asabga tegadigan qiliqlari haqida hikoya qilib berdi. 

Bort kuzatuvchilari, xususan, yo‘lovchilar gazli ichimliklar buyurtma qilishini yoqtirmasligi ma’lum bo‘ldi. Layner salonidagi bosim balandlikda yerdagidan pastroq bo‘lgani uchun bunday ichimliklarni quyish paytida ko‘pik odatiy sharoitdagiga nisbatan ko‘proq hosil bo‘ladi, bu esa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonini sekinlashtiradi.

Styuardessalar, shuningdek, o‘rindiqlarning cho‘ntaklarida chiqindilar qoldiruvchi turistlardan norozi ekanliklarini tan oldi. Bundan tashqari, ular ichimlik buyurtma qilish chog‘ida naushnikni yechmay, buning natijasida beixtiyor ovozini ko‘taradigan yo‘lovchilar haqida tanqidiy fikrlar aytdi.

Nihoyat, styuardessalar salonda oyoqyalang yuruvchi, xodimlarni o‘ziga qaratish uchun ularga teginadigan, qo‘nishdan biroz oldin yoki ovqat tarqatish paytida hojatxonaga oshiqadigan mijozlarni xushlamasliklari ma’lum qilindi.

Яндекс.Метрика