У нас есть только
оригинальные песни

Sud'ya qo'shiq eshitish uchun sud zalidagilarni chiqarib yubordi

calendar 02.08.2016
1320

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida o'ziga hos sud bo'lib o'tdi. Rossiya madaniyat vazirligining viloyat bo'limi qo'shiqchi Sergey Shnurovning so'kinishlarga va bemaza so'zlarga boy qo'shig'i sabab uning chiqishlariga homiylik qiladigan «Megapolis» MChJni sudga bergan.

MChJ esa Shnurovni qo'shiqlar davomida so'kinmasligi borasida rasman ogohlantirganini, barchasiga uning o'zi aybdor ekanini ta`kidlagan. Shundan keyin ishni ko'rib chiqayotgan sud'ya Skorodumova barchaning zaldan chiqib ketishini so'ragan va o'zi Sergey Shnurovdan o'sha, «Piterda ichish kerak» qo'shig'ini kuylab berishini so'ragan.

Iyun' oyida Shnurov shunday qo'shiqlar kuylagandan keyin diniy rahnamolar mahalliy hokimiyatdan uning kontsertlariga chek qo'yish kerak ekanini aytishgan, lekin barchasi o'z holicha qolavergan. Shnurovning ko'plab qo'shiqlarida hamon so'kinishlar uchrab turadi.

Яндекс.Метрика