У нас есть только
оригинальные песни

Sud italiyalik erkakka alimentni pitssa bilan to‘lashga ruxsat berdi

calendar 27.05.2016
1115

Italiyaning Paduya shahri sudi mahalliy aholi vakili bo‘lgan erkak rafiqasiga alimentni pitssa bilan to‘lashi mumkinligini tasdiqladi. Bu haqda 27-may kuni The Local ma’lum qildi.

50 yoshli italiyalik erkakka qarshi da’vo arizasini uning sobiq rafiqasi sudga kiritdi. Ajrashganlaridan keyin sobiq er-xotin erkak qizini ta’minlash uchun oyiga 300 yevro to‘lab turishi borasida kelishuvga erishgan edi. Ammo professional oshpaz bo‘lgan erkak bu pulni pitssa bilan to‘lay boshlagandi.

Sudya Kyara Bitotssi, agarda erkakning daromadi qizini pul bilan ta’minlashga yetmasa, u alimentni pitssa bilan to‘lashi mumkinligi haqida qaror chiqardi.

Яндекс.Метрика