У нас есть только
оригинальные песни

Sud qarorlari internetda e’lon qilinadi

calendar 14.07.2018
743

«Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

Farmonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar oliy kengashi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasining quyidagilar orqali sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinishi belgilangan. Xususan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • qabul qilingan sud hujjati o‘qib eshittirilganidan so‘ng uning mazmun-mohiyatini sud protsessi ishtirokchilariga tushuntirilishini sud amaliyotiga joriy etish;
  • sudlar faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari tomonidan brifinglar o‘tkazish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlari tomonidan sud ishlarini nazorat tartibida, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan sud ishlarini apellyasiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti obzorlarini har chorakda e’lon qilish qayd etildi.
Яндекс.Метрика