У нас есть только
оригинальные песни

Sukerberg Shvarseneggerga o‘zining sport mashg‘ulotlari tartibi haqida so‘zlab berdi

calendar 02.07.2015
1108

Facebook asoschisi Mark Sukerberg Arnold Shvarseneggerning savoliga javob bera turib, o‘zining sport mashg‘ulotlari tartibi haqida so‘zlab berdi. Kaliforniyaning sobiq gubernatori va Terminator roli ijrochisi Sukerbergga uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida o‘tkazgan bir soatlik konferensiyasida savol bilan murojaat qildi.  Sukerbergning so‘zlab berishicha, u haftasiga kamida uch marta, asosan tong chog‘ida sport bilan shug‘ullanadi. Qulay imkoniyat paydo bo‘lgan zahoti iti bilan yugurishga chiqadi. Shvarsenegger o‘z sharhlarida hech kim sport bilan shug‘ullana olmaydigan darajada band bo‘lishi mumkin emas, hatto prezidentlar va Rim Papasi ham jismoniy mashqlar uchun vaqt topadi, deb ta’kidladi. "Sen dunyodagi eng band odamlardan biri hisoblanasan va yosh avlod Rim Papasidan ko‘ra, ko‘proq sendan namuna oladi”, — deb qo‘shimcha qildi aktyor.
Яндекс.Метрика